• Suv resurslarini
  • Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 8.0 Aholining ekologik bilim va xabardorlik




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    86
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    8.0 Aholining ekologik bilim va xabardorlik 
    darajasini oshirish
    Ekologiya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy 
    kommunikatsiyalar agentligi ko‘magida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni jalb etgan 
    holda muntazam ravishda atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan 
    brifing, matbuot anjumanlari va davra suhbatlarini o‘tkazib kelmoqda. 
    https://eco.gov.uz; 
    https://t.me/ecogovuz
    Asosiy e’tibor 
    atmosfera havosining ifloslanishi
    va 
    muhofazasiga
    qaratilib, havo sifati 
    muammolarini hal qilish bo‘yicha kampaniyalar va tadbirlar o‘tkazilmoqda:
    • «Avtomobilsiz kun!» aksiyasi. Ushbu aksiyadan ko‘zlangan maqsad, bu – avtomobil 
    transportining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish va sog‘lom turmush tarzi uchun 
    velosipeddan foydalanishni targ‘ib qilishdan iborat. 
    https://www.gazeta.uz/ru/2023/04/26/
    car-free-day/
    • «O‘zbekistonda Yevropa mobillik haftaligi» kampaniyasi atrof-muhit holatini yaxshilashga 
    qaratilgan. U Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan 
    tashkil etilgan. Tadbir aholini ekologik toza transport turlariga o‘tishga chaqiradi va shu 
    orqali issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirishga xizmat qiladi. 
    https://www.eeas.
    europa.eu/delegations/uzbekistan

    https://www.facebook.com/EuropeanMobilityWeekUz
    Suv resurslarini 
    muhofaza qilishga ko‘maklashish va suv resurslarini boshqarish, bioxilma-
    xillik va iqlim o‘zgarishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish bo‘yicha tadbirlar. Quyidagi aniq 
    misollarni keltirib o‘tish mumkin:
    • «Amudaryo xalqaro kuni», «Sirdaryo xalqaro kuni». Maktab o‘quvchilari va yoshlari uchun 
    o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida suvni muhofaza qilish mavzularida turli rasmlar, insholar 
    va videoroliklar tanlovlari, poygalar va h.k.lar o‘tkazilmoqda, masalan, Amudaryo xalqaro 
    kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etiladi. 
    https://bigasia.ru/mezhdunarodnyj-den-
    amudari-otmetit-zabegom-uzbekistan/

    http://ekois.net/mezhdunarodnyj-den-amudari-v-
    nukuse/

    https://www.youtube.com/watch?v=MwcUluVwa68
     
    • 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi shafeligida Shveysariya 
    taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan moliyalashtirilgan «O‘zbekistonda suv 
    resurslarini boshqarish milliy loyihasi» doirasida «Tomchi» mobil ilovasi ishga tushirildi . 
    https://play.google.com/store/apps/details?id=app.nwrmp.tomchi&hl=ru&gl=US&pli=1
    • FAO Barqaror rivojlanish uchun innovatsion va tadqiqot klasteri bilan hamkorlikda 
    «Geoinformatsiyali tizimlar va fazoviy ma’lumotlardan foydalangan holda raqamli qishloq 
    xo‘jaligini samarali boshqarish» loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha «aqlli» qishloq 
    xo‘jaligini yanada rivojlantirish maqsadida mahalliy mutaxassislar va fermerlarning fazoviy 
    ma’lumotlar sohasidagi salohiyati va bilimini kengaytirishga qaratilgan. 
    https://www.
    uzdaily.uz/ru/post/69752
    ; FAO – O‘zbekiston. Axborot byulleteni, 2022 yil, II-chorak. 
    5-son, 
    https://www.fao.org/3/cc1686ru/cc1686ru.pdf


    87
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    • «O‘zbekistonda suv va ekologiyani barqaror rivojlantirish bo‘yicha xabardorlikni 
    oshirish va hamkorlik» loyihasi – UzWaterAware. 3-tarkibiy qism. Yevropa Ittifoqining 
    «O‘zbekiston qishloq joylarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi. Milliy 
    hamkor: O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi. Loyiha 2016-yil noyabrdan 
    2020-yil noyabrgacha respublikaning 9 ta viloyati va Toshkent shahrida amalga oshirilgan. 
    UzWaterAware loyihasi doirasida o‘zbek va rus tillarida «Barqaror rivojlanish uchun 
    suvdan foydalanishning samaradorligi to‘g‘risida hisobot» o‘quv kursini o‘z ichiga olgan 
    onlayn ta’lim platformasi ishlab chiqildi va ishga tushirildi www.uzwateraware.uz. Bundan 
    tashqari, UzWaterAwareProject kanali orqali o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi materiallar 
    bilan tanishish mumkin. 
    https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=1101
    • Butunjahon suv kuni munosabati bilan «Hayot tomchisi» xayriya aksiyasi. Mazkur aksiya 
    odamlarning e’tiborini suvni tejash muammosiga qaratish, ularda tabiatning ushbu bebaho 
    ne’matini asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan.
    • Jurnalist va blogerlar uchun «O‘zbekistonda suvdan foydalanish masalalarini yoritishda 
    jurnalistlar va blogerlarning xabardorligini oshirish» loyihasi. Tashkilotchilar: O‘zbekiston 
    Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi Kanada Mahalliy tashabbuslar jamg‘armasi bilan 
    hamkorlikda.
    • Jahon bankining «Markaziy Osiyoda irrigatsiyani modernizatsiya qilish bo‘yicha xulosalar 
    va amaliy qadamlar» mintaqaviy dasturi doirasida FAO guruhi tomonidan o‘tkazilgan 
    tadqiqot natijalari asosida siyosatchilar, soha rahbarlari va texnik ekspertlarga mo‘ljallangan 
    nashr. Manba: 
    https://www.fao.org/publications/card/en/c/CB8230EN

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 8.0 Aholining ekologik bilim va xabardorlik

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish