80
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati nazoratida 405 ta shahar,
4743 ta qishloq va idoraviy yoki suv quvurlari mavjud. Ulardan 65 ta va 79 tasida
ochiq suv
havzalari ichimlik suvi manbasi bo‘lib, ular aholini, asosan, yirik aholi punktlarini suv bilan
ta’minlaydi. Qolgan suv quvurlari, ya’ni, aksariyat qismi yer osti manbalaridan oziqlanadi. Shahar
suv quvurlarining umumiy sonidan 11,8 foizi sanitar-texnik talablarga javob bermasligi, shu
jumladan, 50 foizi sanitariya muhofazasi zonalari o‘lchamiga rioya etilmagani va 60,4
foizida zarur
suvni tozalash inshootlarining to‘liq to‘plami yo‘qligi aniqlangan. Qishloq suv quvuri stansiyalari
(6,8%), asosan, zararsizlantirish vositalarining yo‘qligi (67,9%) va sanitariya muhofazasi
zonalariga rioya etilmaganligi (33,0%) tufayli sanitariya-texnik talablarga javob bermagan. Aholi
punktlarining suv ta’minoti tizimlaridagi suv quvurlarining yaroqsiz holga kelishi va o‘z vaqtida
almashtirilmasligi yirik avariyalar, ichimlik suvining ikkilamchi ifloslanishi va ichimlik suvining
katta yo‘qotishlariga olib keladi.
COVID-19 pandemiyasi davrida ichimlik suvining sifati va xavfsizligi barqaror edi. Pandemiya
boshlanishi bilan epidemik vaziyatning yomonlashishini oldini
olish maqsadida suv olish
inshootlarida dezinfeksiya ishlari rejimi, suvdan mikrobiologik, virusologik ko‘rsatkichlarga
namuna olish jadvali kuchaytirildi va o‘ta xavfli ichak infeksiyalari ustidan nazorat joriy etildi.
Natijada ichimlik suvining mikrobiologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sifati davlat standartiga
to‘la mos keldi.
Ichimlik suvining yuqori minerallashuv darajasi yurak-qon tomir
kasalliklari, gipertoniya, qon
va qon yaratuvchi organlar kasalliklari, buyrak tosh kasalligi, jigar va siydik yo‘llari kasalliklari,
saraton kabi qator kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Har yili O‘zbekistonda ichimlik
suvining minerallashuvi va umumiy qattiqligining eng yuqori darajasi Buxoro, Xorazm, Farg‘ona,
Toshkent, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida hamda Qoraqalpog‘iston
Respublikasida qayd etiladi. Mamlakatning barcha hududlaridagi ichimlik suvida ftorning yo‘qligi
yoki kamligi aniqlangan.
Yoz oylarida, suv kam bo‘lgan davrda, ayniqsa, Amudaryoning quyi oqimi va Farg‘ona, Toshkent,
Sirdaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarining ayrim hududlaridagi markazlashtirilgan suv ta’minoti
manbalaridagi suv tarkibida mineral tuzlar konsentratsiyasi ko‘p bo‘ladi. Bu, toza chuchuk suvning
taqchilligi ortib
borayotgan va suv obyektlari, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va Xorazm viloyatida markazlashtirilgan hamda markazlashmagan ichimlik suvi ta’minoti
manbalarining salbiy ekologik holati sharoitlarida o‘ta dolzarbdir.