Oziq-ovqat xavfsizligi
Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash barcha bosqichlarda – birlamchi ishlab chiqarish
jarayonlari va ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarishdan yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha
bo‘lgan barcha bosqichlarda tarmoqlararo hamkorlikni talab etadi. O‘zbekistonda gigiyenik
82
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
me’yorlardan chetga og‘ishlar – organoleptik ko‘rsatkichlar (kislotalilik, shaffoflik, cho‘kma),
shuningdek zaharli elementlar (qo‘rg‘oshin, kadmiy, rux) miqdori, oziq-ovqat mahsulotlarining
energiya qiymati, osh tuzi tarkibidagi yod, ichimliklardagi organik aralashmalar, o‘simlik
mahsulotlari tarkibidagi nitrat miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha qayd etiladi (O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, 2022-y.).
7.2 Javob choralari
Aholining turmush darajasini oshirish O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biridir. Siyosat va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi demografik
ko‘rsatkichlar: umr ko‘rish davomiyligi, umumiy o‘lim, 1 va 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi
ko‘rsatkichlarini baholashda yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yillar sog‘liqni
saqlash tizimini isloh qilishda amalga oshirilgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va aholi turmush
sharoitining o‘zgarishi natijasida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini sezilarli darajada
oshirish, o‘lim darajasini pasaytirish va yuqumli kasalliklarni sezilarli darajada kamaytirishga
erishildi. 2021-yilda ayollarning umr ko‘rish davomiyligi 2000-yildagi 73,6 yoshga nisbatan 75,8
yoshni, erkaklar uchun mos ravishda 71,7 va 68,4 yoshni, butun mamlakat bo‘yicha 73,8 va 70,8
yoshni tashkil etdi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, onalar o‘limi darajasi 100 ming nafar tirik
tug‘ilgan chaqaloqqa 21,4 dan (2000-y.) 14,4 ga (2021-y.), (BRM 3,1), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar
o‘limi (1000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa 1 yilgacha) 17,3dan (2000-y.) 6,4 gacha (2021-y.)
kamaydi. Xuddi shu davrda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘lim darajasi mos ravishda 28,5
va 12,3 ni tashkil etdi (BRM 3.2).
2030-yilgacha bolalar o‘limini kamaytirish O‘zbekistonning rivojlanish maqsadlaridan biri
sanaladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, emlashdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, tibbiy xizmat
ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda ayollarning oilani rejalashtirish va reproduktiv salomatlik
haqidagi bilimlarini oshirish orqali 11 milliondan ziyod bolalar o‘limining oldini olish mumkin.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish bo‘yicha
strategiya va usullarni to‘g‘ri ishlab chiqish va amalga oshirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
2018-yil 7-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni
saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–
5590-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2019–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni
saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi» sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, tibbiy
yordam sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-
quvvatlash, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish,
onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirishning maqsad, vazifalari va asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi.
Rio deklaratsiyasi va XXI asr Global kun tartibi tamoyillarini qo‘llab-quvvatlagan va 2030-yilgacha
bo‘lgan 16 ta BRMni qabul qilgan O‘zbekiston asosiy milliy dastur hujjatlarida aholini sifatli
ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha mamlakat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi:
qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash Davlat dasturi, O‘zbekiston g‘arbida joylashgan
(Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati) qishloqlarda suv ta’minotini rivojlantirish loyihasi, Buxoro,
Sirdaryo, Jizzax va Xorazm viloyatlarining ayrim shaharlarida shahar suv ta’minotini yaxshilash
dasturi shular jumlasidandir. Ushbu milliy dastur va loyihalar xalqaro tashkilotlar ko‘magida
amalga oshirilib kelinmoqda.
|