88
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
qoldiqlari bilan qoplangan dehqonchilik texnologiyasi – nolga teng ishlov berishning
afzalliklari bilan tanishtirildi. Qurg‘oqchil hududlarda, jumladan, MOMERBT–2
loyihasi
hududlarida nolga teng ishlov berish tavsiya etiladi (Markaziy Osiyo mamlakatlarining yer
resurslarini boshqarish bo‘yicha tashabbusi MOMERBT).
• FAO va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligidagi «Kelajak avlod uchun aqlli
dehqonchilik» loyihasi. Issiqxonalarni moslashtirish va ishlab chiqarishni
muvofiqlashtirish
bo‘yicha besh omil – iqlimni boshqarish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi
kurashish, dehqonchilikning
madaniy usullari, suv resurslarini boshqarish va o‘simliklarni
oziqlantirish – qishloq aholisini barqaror daromad manbai bilan ta’minladi. Nomzodlar
past va doimiy daromadga ega bo‘lgan qishloq uy xo‘jaliklaridan tanlab olindi. Xotin-
qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunga
qadar Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 20 ta xo‘jalikda issiqxonalar
zamonaviylashtirildi va optimallashtirildi. FAO va Qishloq xo‘jaligi vazirligining
«Qishloq xo‘jaligining raqamli transformatsiyasi uchun zamin tayyorlash» loyihasi amalga
oshirilmoqda.