81
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Ushbu ko‘rsatkich Turkmaniston (5,9 foiz), Tojikiston (5,05 foiz) va Ozarbayjon (5,2 foiz) kabi
davlatlarga taqqoslaganda pastdir.
Ta’kidlash joizki,
yod, A vitamini, foliy kislotasi
va
temir
kabi nutriyentlarning yetishmasligi
bilan bog‘liq xavflar ham yuqori darajani tashkil etadi. O‘zbekistonda inson organizmini oziq-ovqat
mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlash
maqsadida, ko‘plab mikronutriyentlar, jumladan,
osh tuzini yodlash, un mahsulotlarini boyitish ishlari amalga oshirib borilmoqda. Mamlakatda
osh tuzining sifati ham muntazam ravishda tekshirib boriladi. Sinovdan o‘tkazilgan osh tuzi
namunalarining 60 foizida yod miqdori aniqlangan, ularning 40 foizdan ortig‘i yetarli
darajada
yodlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi, 2019-yil).
Tadqiqot jarayonida o‘rganilgan aksariyat uy xo‘jaliklarida (62,0%) tandirda non yopilishi qayd
etildi. Uy xo‘jaliklari tomonidan iste’mol qilinadigan un namunalarining
faqat uchdan bir qismi
A vitamini va temir qo‘shimchalari bilan boyitilgani aniqlandi. Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki,
milliy standart faqat birinchi navli unni boyitishni tartibga soladi va, bu import qilinadigan un
navlariga taalluqli emas. O‘rganilgan uy xo‘jaliklarining yarmi import qilingan undan foydalanishi
aniqlandi. Bolalar tomonidan temir qo‘shimchalari bilan boyitilgan nonni iste’mol qilish darajasi
ancha yuqori (60% dan ortiq).
Ayollar orasida kamqonlik darajasi 2,5 barobarga kamaydi. Natijada o‘rtacha umr ko‘rish 6,5 yilga
oshdi. Biroq, homilador ayollarning taxminan uchdan bir qismi kamqonlikdan aziyat chekmoqda.
Ushbu raqamlar JSST tasnifiga ko‘ra, sog‘liqni saqlashning o‘rtacha muammosidir. 40–49 yoshdagi
homilador ayollar va homiladorlikning so‘nggi
bosqichidagi ayollar, boshqa ayollarga qaraganda
kamqonlikdan ko‘proq aziyat chekadi. Kamqonlik bilan qishloq yoki shahardagi uy xo‘jaliklarida
farovon hayot kechiruvchi hamda ayollar ta’limi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmadi.
Ekologik jihatdan noqulay hududlarda temir tanqisligi kamqonligi bo‘lgan bolalari bilan yashovchi
onalarda homiladorlik, tug‘ish patologiyasi va boshqa perinatal muvonazatsizliklarga uchrash
holatlari sezilarli darajada yuqori: Toshkent shahriga qaraganda kamqonlik 3
baravar tez uchraydi,
homiladorlikning to‘xtatilishi 2 baravar va kunlik o‘rin-joy 2,5 kundan ko‘proqni tashkil etadi
(Qurbonov va
boshqalar, 2006-y.).
Homilador bo‘lmagan ayollarning deyarli yarmida temir tanqisligi kuzatiladi. Shahar va qishloq
ayollari o‘rtasida temir tanqisligining tarqalishi statistik jihatdan farq qilmaydi (Narmuhamedova
va boshqalar, 2019-y.). Temir tanqisligining tarqalishi hududga qarab statistik jihatdan sezilarli
farq qiladi: Qashqadaryo viloyatida 52,1 foizdan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 62,4 foizgacha.
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lgan ayollar, o‘rta ma’lumotli ayollarga qaraganda temir tanqisligidan
ko‘proq azob chekishi aniqlangan. Xuddi shunday o‘xshashlik ayollar o‘rtasida ham kuzatilgan:
badavlat oilalardagi ayollar kambag‘al oilalardagi ayollarga qaraganda temir tanqisligidan ko‘proq
aziyat chekishadi (Narmuhamedova va boshqalar, 2019-y.).
Respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda Qoraqalpog‘iston
Respublikasida
bolalar o‘rtasida temir tanqisligi kamqonligining tarqalishi 2,5 barobar ko‘p. Kamqonlikning
asoratlari ham o‘zgardi.