76
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
plastik rulonli va biologik parchalanadigan qoplarga taalluqli emas. O‘zbek
mutaxassislari nufuzli
Britaniya-Kanada WELLS laboratoriyasi va London Qirolicha Mariya universiteti tomonidan
sertifikatlangan biologik parchalanadigan maishiy paketlarni ishlab chiqarish texnologiyasini
yaratdilar. O‘tgan yillar davomida Toshkent shahrida chiqindilarni (qog‘oz, plastmassa va
boshqalar) alohida yig‘ish uchun 3 xil rangdagi 720 ta maxsus konteyner o‘rnatildi.
O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida «Nol chiqindi» (Zero waste)
tamoyillariga asoslangan yangi tartib va mexanizmlar joriy etiladi. 2023-yil 31-maydagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini
transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
PF–81-sonli Farmonida chiqindilarni maishiy chiqindi turlariga qarab, alohida-alohida to‘plash
va olib chiqib ketish nazarda tutilgan. Maishiy chiqindilarning turlariga
qarab aylanma iqtisodiyot
amaliyotini joriy etish rejalashtirilgan: yangidan hosil bo‘layotgan chiqindilarni poligonlarga
joylashtirmasdan, maksimal darajada qayta ishlanishi yoki kuydirilishi kerak. Shu nuqtayi nazardan,
poligonlardagi chiqindilarning bosqichma-bosqich to‘liq qayta ishlanishi va kuydirilishiga
erishish
rejalashtirilmoqda.