• Tibbiyot chiqindilarining
  • Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    sanoat chiqindilari
    hosil bo‘ladi. Eng ko‘p sanoat chiqindilari 
    Navoiy, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hududida joylashgan tog‘-kon va qayta ishlash sanoati 
    korxonalarida hosil bo‘lad. Umumiy maydoni 286,3 gektar bo‘lgan 20 ta sanoat chiqindilari 
    poligonida to‘plangan chiqindilar miqdori 40 879,4 ming tonna, 985,1 gektar maydondagi 21 
    ta quyqa to‘plagichlarda – 256 831,5 ming tonna va 7751,0 gektar maydonda joylashgan 15 ta 
    xom ashyo chiqindixonasida – 2 953 788,0 ming tonnani tashkil qiladi. Chiqindilarning asosiy 
    qismi quyqa to‘plagichlar va xom ashyo chiqindixonalarida saqlanadi, sanoat chiqindilarining oz 
    qismigina ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatiladi.
    Tibbiyot chiqindilarining
    epidemiologik, toksikologik va radiatsiyaviy xavflilik darajasi
    shuningdek, atrof-muhitning salbiy ta’siriga qarab turli xillari mavjud. Mamlakatdagi 7 950 
    ta tibbiyot muassasasida yiliga o‘rtacha 42 411 tonna tibbiyot chiqindisi hosil bo‘lib, shundan 
    1 668 tonnasi xavfli tibbiyot chiqindilarini tashkil etadi. Ushbu chiqindilarni lozim darajada 
    saqlash uchun tibbiyot muassasalari maxsus konteynerlar bilan ta’minlanmagan. Infeksiyalangan 
    tibbiyot chiqindilari hosil bo‘lish joyida 20 daqiqa davomida 132°C daraja haroratda avtoklavlarda 
    zararsizlantiriladi. Tibbiyot chiqindilarini maishiy chiqindilar bilan birga tashlash holatlari ham 
    tez-tez uchrab turadi.
    Mamlakat miqyosidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan 
    elektron 
    chiqindilar
    hajmi 102 ming tonnani tashkil qiladi (Balde K.P. va boshqalar, 2021-y.). Elektron 
    chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash infratuzilmasi mavjud, ammo u nihoyatda chegaralangan.
    O‘zbekistondagi asosiy muammolardan biri bu, 
    ishlatilgan batareyalardan hosil bo‘lgan 
    chiqindilar
    sanalib, ular odatda qattiq maishiy chiqindilar bilan birga yig‘iladi. 2020-yilda 
    Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (hozirgi Ekologiya vazirligi) 
    buyrug‘i bilan «Toza hudud» va «Maxsustrans» DUKning barcha hududiy bo‘linmalariga 
    batareyalarni to‘plash uchun birinchi navbatda chiqindilarni yig‘ish joylarida, ma’lum bir turdagi 
    maxsus konteynerlarni keng ko‘lamda o‘rnatishni boshlash topshirildi. Shunga o‘xshash taklif 
    ixtisoslashtirilgan assenizator kompaniyalariga ham yuborildi. Bugungi kunga qadar Toshkent 
    shahrida «Maxsustrans» DUK tomonidan 530 ta, xususiy assenizator kompaniyalari tomonidan 
    esa 171 ta konteyner o‘rnatildi. Farg‘ona viloyatidagi barcha chiqindi yig‘ish shoxobchalarida 
    batareyalarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Shu bilan 
    birgalikda, batareyalar to‘plangan konteynerlarni muntazam ravishda bo‘shatilib turishini 
    ta’minlash zarur. Ishlatilgan batareyalarni utilizatsiya qilish masalasi dolzarbligicha qolmoqda
    zero, bu borada O‘zbekistonda tegishli ishlab chiqarish quvvatlari mavjud emas. Maxsus qoidalar 
    va texnik ko‘rsatmalarning joriy etilishi elektron chiqindilarni boshqarish bilan bog‘liq vaziyatni 
    yaxshilaydi (Balde K.P. va boshq., 2021-y.).

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish