• Qattiq maishiy chiqindilar (QMCh)
  • 25-jadval. Qattiq maishiy chiqindilarning (QMCh) hosil bo‘lish hajmi Yillar (tonna) 2016 2017 2018 2019 2020
  • Harakatlantiruvchi kuchlar va bosim




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    6.3.1 Harakatlantiruvchi kuchlar va bosim
    Chiqindilar miqdori aholining o‘sishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, bir martalik idishlarni ishlab 
    chiqarish va ulardan foydalanishning ko‘payishi uyg‘unligida turmush tarzining o‘zgarishi hisobiga 
    ortib bormoqda.
    Qattiq maishiy chiqindilar (QMCh)
    hosil bo‘lish hajmi 2016 yildagi 6 mln. 933 ming tonnadan 
    2020-yilda 7 mln. 425 ming tonnagacha oshdi. 2022-yilda qattiq maishiy chiqindilarni hosil qilish 
    hajmi 6 mln. 817 ming tonnani tashkil etdi (25-jadval). O‘zbekiston Respublikasida QMChning 
    to‘planish me’yorlarini aniqlash bo‘yicha eksperimental tadqiqot va xronometraj ishlarining 
    o‘rtacha yillik natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, aholi jon boshiga QMCh hosil bo‘lishining o‘rtacha 
    normasi sutkasiga 0,775 kg.ni tashkil qiladi. Chiqindilarni hosil bo‘lish hajmining ko‘payishi bilan 
    birgalikda chiqindilarni ko‘mish hajmi ham ortadi. Qattiq maishiy chiqindilar murakkab ko‘p 
    komponentli tarkibga ega. Chiqindilarning bir qismi oziq-ovqat chiqindilari (sabzavot, meva, 
    po‘stloqlar, tozalash chiqindilari va boshqalar, shuningdek, boshqa chiqindilarning organik qismi), 
    shuningdek, polimerlar, shu jumladan polietilen tereftalat (PET) idishlaridan iborat. Bir sutkada 
    o‘rtacha 990,0 tonna polimer chiqindilari hosil bo‘ladi, shundan 273,0 tonna PET idishlar, yiliga 
    esa shunday chiqindilardan 395,0 ming tonna hosil bo‘lib, shundan 145,0 ming tonnasi PET 
    idishlariga to‘g‘ri keladi. 1,6 mln. tonnaga yaqin polimer chiqindilari, shundan 0,44 mln. tonna 
    PET idishlari 221 ta poligonda saqlanadi.
    25-jadval. 
    Qattiq maishiy chiqindilarning (QMCh) hosil bo‘lish hajmi
    Yillar (tonna)
    2016
    2017
    2018
    2019
    2020
    2021
    2022
    Jami 
    respublika 
    bo‘yicha
    6 933 
    000
    7 034 
    300
    7 151 
    900
    7 283 
    100
    7 425 
    400
    7 108 
    010,2
    6 816 
    840,5
    Manba: Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi.
    Ayni paytda O‘zbekistonda QMChni poligonlarga ko‘mish keng tus olgan. QMCh 1445 gektardan 
    ortiq maydonni egallagan 165 ta ro‘yxatga olingan poligonlarda (chiqindixona) saqlanadi. 2022 
    yilga kelib ushbu poligonlarda 33 533 ming tonnadan ortiq chiqindi to‘plangan. (Ilovadagi A12-
    jadval). Nazorat qilib bo‘lmaydigan tartibsiz chiqindixonalarni hisobga olmaganda, poligonlarni 
    tashkil etish uchun qariyb 1 445 gektar yer maydoni ajratilgan. Ekologik nazoratning olib 
    borilayotganiga qaramay, bugungi kunda aholi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarning tashlanishi 


    72
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    aholi punktlari, avtomobil yo‘llari, dala yoqalari va suv omborlari qirg‘oqlarida noqonuniy 
    chiqindixonalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda fuqarolar tomonidan 
    chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga tashlash bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar soni 
    2020-yilda 28,9 mingta, 2021-yilda 18,7 mingta, 2021-yilda 20,3 mingdan ortiqni tashkil etdi.
    Har yili 115 mln. tonnaga yaqin 

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish