Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 6.3 Chiqindilarni boshqarish




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

70
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
6.3 Chiqindilarni boshqarish
24-jadval. 
Chiqindilarni boshqarish – asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar 
Ko‘rsatkich
Uzoq muddat 
(10 yil)
O‘rtacha 
muddat (3 yil)
Izohlar
Chiqindilarning hosil 
bo‘lishi
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
Aholi jon boshiga chiqindilar 
miqdori va chiqindilar hosil 
bo‘lishi umumiy hajmining 
ko‘payishi.
Maishiy 
chiqindilarning hosil 
bo‘lishi
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
⚪ 
Barqaror
Chiqindilar miqdori 2016-yildan 
buyon ortib bormoqda, ammo 
o‘sha paytdan u barqaror yoki bir 
oz kamaymoqda.
Qattiq maishiy 
chiqindilarni yig‘ish
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
Qattiq maishiy chiqindilarni 
yig‘ish (aholini chiqindilarni 
yig‘ish va olib chiqish xizmatlari 
bilan qamrab olish) 85 foizgacha 
oshdi. Biroq, chiqindilarning 
katta qismi poligonlarga 
joylashtirilmoqda.
Aniq turdagi 
chiqindilarni 
boshqarish (sanoat, 
tibbiyot va elektron 
chiqindilar)
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
Sanoat, tibbiyot, elektron chiqindi 
kabi har xil turdagi chiqindilarni 
qayta ishlash va zararsizlantirish 
uchun imkoniyatlar nihoyatda 
cheklangan.
Manba: Mualliflar.
• O‘zbekiston aholisi sonining o‘sishi va rivojlanishi ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi, 
turmush tarzi va iste’molining o‘zgarishiga olib keldi, bu esa chiqindilar hosil bo‘lishining 
umumiy hajmi va aholi jon boshiga chiqindilar miqdorining oshishiga olib keldi. Shu 
bilan birga, chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash amaliyotini takomillashtirish va 
chiqindilarni umumiy qisqartirishga ko‘maklashish imkoniyatlari ham mavjud.
• So‘nggi yillarda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish infratuzilmasini jadal 
rivojlantirishga ko‘maklashish va chiqindilarni to‘plash darajasini oshirish (aholini 
chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish) uchun investitsiyalar 
kiritildi. Biroq, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish texnologiyalarini joriy 
etish darajasi pastligicha qolmoqda, buning natijasida chiqindilar, asosan poligonlarda 
joylashtirilib kelinmoqda.
• Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlar, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash borasida 
muayyan yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, sanoat chiqindilarini qayta ishlash sohasida 
muayyan muammolar mavjud. Ayni paytda chiqindilarni, birinchi navbatda, sanoat 
chiqindilarini qayta ishlash va utilizatsiya qilish texnologiyalari yetarli darajada tatbiq 
etilmayapti.


71
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Shuningdek, tibbiy chiqindilarni saqlash, tashish va utilizatsiya qilishning yagona tizimi 
ham mavjud emas. Tibbiy chiqindilarni zararsizlantirish va utilizatsiya qilishning zamonaviy 
usullarini joriy etish faqat tajriba loyihalari bosqichida qolib ketmoqda.
Bundan tashqari, elektron chiqindilar va batareykalarni to‘g‘ri yig‘ish va zararsizlantirishni 
ta’minlashda muammolar bor.
• 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekistonda qalinligi 100 mikrondan kam bo‘lgan plastik 
qadoqlarni ishlab chiqarish va sotishga taqiq joriy etiladi. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
uchun plastik rulonli qoplar va biologik parchalanadigan qoplarga taalluqli emas.

Download 2,81 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 6.3 Chiqindilarni boshqarish

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish