• BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi (MPTF)
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi
    tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.10.2018-yildagi PQ–3975-son).
    Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi
    2017-yilda «2017–2021-yillarda 
    O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
    strategiyasi» hamda 2017–2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi 
    doirasida tashkil etilgan. Dasturda umumiy qiymati 8,422 trln. so‘m (2,4 mlrd. dollar) mablag‘ 
    ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyalarni jalb etish, suv ta’minoti, sanitariya va kanalizatsiya tizimini 
    yaxshilash, hudud aholisining salomatligini muhofaza qilish kabi chora-tadbirlarni kuchaytirishga 
    yo‘naltirilgan. Mazkur Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida Moliya vazirligi (hozirda 
    O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi) huzurida Orolbo‘yini rivojlantirish jamg‘armasi 
    tashkil etildi.
    BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik 
    trast jamg‘armasi (MPTF)
    8
    Orolbo‘yi mintaqasi borasida jahon hamjamiyatining amaliy 
    yordami bo‘yicha ishonchli platformaga aylandi. Ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarning 
    mazkur «xab»i sa’y-harakatlarni muvofiqlashtiradi hamda maqsadli dastur va loyihalarni amalga 
    oshiradi. Jamg‘armaning 2018-yilda yaratilgan dasturiy strategiyasi BMTning Inson xavfsizligi 
    bo‘yicha konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan. O‘zbekiston, Norvegiya, Finlyandiya, Koreya 
    Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hukumatlari, Alwaleed Philanthropies xayriya tashkiloti va 
    boshqa donorlar Trast jamg‘armasiga maqsadli to‘lovlarni kiritdi. Qishloq hududlarini barqaror 
    rivojlantirish va iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan beshta loyihani ishlab chiqish hamda 
    amalga oshirish uchun Trast jamg‘armasi doirasida 16 mln. dollardan ortiq mablag‘ jalb etildi. 
    Ushbu dasturlar jami 250 mingdan ortiq benefitsiarlar, jumladan, yoshlar, ayollar va keksalarni 
    bevosita qamrab oldi.

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish