65
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
6.2.2 Holat va ta’sir
Orol dengizi – Markaziy Osiyoning shimoliy cho‘l qismida joylashgan turg‘un (oqmas) sho‘r ko‘l.
U O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida joylashgan bo‘lib, Kaspiy dengizi, AQSH va Kanada
chegarasida joylashgan Yuqori ko‘l va Viktoriya ko‘lidan keyin dunyodagi to‘rtinchi yirik ko‘l edi.
Orol dengizi va mintaqasi
murakkab tabiiy jarayonlar, jumladan, uning sathi va sho‘rlanishining
keskin o‘zgarishi, shuningdek, havo, suv va yerning ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish,
yerlarning
degradatsiyasi, bioxilma-xillikning yo‘qolishi va ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kabi
tendensiyalar bilan tavsiflanadi.
Atrof-muhit ifloslanishi
O‘zbekiston Sovet Ittifoqining agrokimyoviy vositalardan foydalanish bo‘yicha yetakchi
respublikalaridan biri bo‘lib, bu Butunittifoq darajasidan 15–20 baravar yuqori edi. U davrlarda
80 ga yaqin turli
preparatlardan foydalanilgan, uzoq yillar davomida har gektar g‘o‘zaga 50–54
kilogrammdan ortiq pestitsidlar purkalgan. Natijada tabiiy muhitga, aholi salomatligiga tiklab
bo‘lmaydigan zarar yetkazildi. 1990–1993-yillarda pestitsidlar va mineral o‘g‘itlardan
foydalanish
30 foizgacha qisqartirildi. Biroq, bu ifloslanish darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatmadi. Sanitariya
me’yoridan 2,5 baravar yuqori bo‘lgan DDT qoldiqlari tuproq namunalarining yarmidan ko‘pida
aniqlangan va uzoq vaqt davomida bir xil darajada saqlanib qolgan (Alibekov va Alibekova, 2007-
y.). Havo va suvning hozirgi ifloslanishi Orol dengizi mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan
biridir. Bularning barchasi Orol dengizi tanazzulining oqibatidir.