59
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Ta’kidlash joiki, O‘zbekistonni qurg‘oqchil mamlakatlar
qatoriga kiritish mumkin, bu yerda
yog‘ingarchilik miqdori, asosan geografik xususiyatlardagi farqlari bilan belgilanadi, eng ko‘p
yog‘ingarchilik mamlakatning janubi-Sharqiy va Sharqiy qismlaridagi tog‘li hududlarda sodir
bo‘ladi (3-rasm). Yog‘ingarchilikning ko‘payishi tog‘oldi va tog‘li hududlarda, ayniqsa shamol
tomonga qaragan qiyaliklarda kuzatiladi. Iqlim o‘zgarishi yog‘ingarchilikning umumiy kamayishiga
hissa qo‘shishi
kutilmoqda, faqat qish oylarida yog‘ingarchilik miqdori bir oz oshishi kutilayotgan
tog‘li hududlar bundan mustasno. Yog‘ingarchilikning umumiy pasayish tendensiyasiga qaramay,
yog‘ingarchilik shakllarining o‘zgarishi kuchli yomg‘ir kabi ekstremal meteorologik hodisalar
sonining ko‘payishiga yordam beradi.
Qurg‘oqchil ob-havoning tez-tez uchraydigan davrlari
bilan bir qatorda, cheklangan hududda
ekstremal kuchli yog‘ingarchilik miqdori ko‘paymoqda. So‘nggi yillarda yog‘ingarchilik, asosan
yomg‘ir ko‘rinishida, ayniqsa past va o‘rta tog‘li hududlarga yog‘moqda. Mazkur holatlar qor
rejimining yomonlashishi va qor zaxiralarining pasayishiga olib keladi, bu esa, vegetatsiya
davrida
daryo oqimining pasayishiga bevosita ta’sir qiladi. O‘zbekistonning tog‘ etaklarida eng katta xavfni
kuchli yomg‘ir tug‘diradi. 80 foiz holatda jala va yomg‘irning juda ko‘p yog‘ishi sel kelishiga sabab
bo‘ladi. 2016–2020-yillarda 40 dan ortiq sel kelishi qayd etilgan, oqibatda infratuzilmalar (yo‘llar,
ko‘priklar) vayron bo‘lgan, uy xo‘jaliklarini suv bosgan, 2022-yilning bahorida 15 ta ana shunday
hodisa kuzatilgan. 800 dan ortiq aholi punkti sel oqimi va 800 ta aholi punkti sellar ta’siri zonasida
joylashgan. Sel xavfi eng yuqori bo‘lgan hududlar Farg‘ona vodiysida joylashgan bo‘lib, u yerda
barcha sellarning 44 foizi sodir bo‘ladi.
O‘zbekiston suv resurslarining taqchilligi bilan ajralib turadigan mamlakatlar qatorida bo‘lib,
ushbu muammo aholi sonining oshishi va Orol dengizi havzasida yer
usti oqimining kutilayotgan
qayta taqsimoti hisobiga, suvga bo‘lgan talabning ortishi natijasida kuchayishi kutilmoqda. Orol
dengizi suv to‘plash maydonining tog‘ muzliklari O‘zbekistonning suv resurslari uchun katta
ahamiyatga ega. Muzliklar hosil bo‘lishining pasayish tezligi hudud bo‘yicha va vaqt oralig‘ida
yiliga 0,1 dan 1,65% gacha o‘zgarib turadi (Tuchin va h.k.lar., 2003-y.). Suvga bo‘lgan istiqbolli
talabni baholash, sug‘orish va tabiatni muhofaza qilish maqsadlari uchun suvga bo‘lgan ehtiyoj endi
qondirilmasligini ko‘rsatdi. Iqlim o‘zgarishi
sharoitida esa, suv tanqisligi sezilarli darajada oshadi.
Mamlakatning suv resurslari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi havzasidagi boshqa daryolarning
yer usti oqimidan iborat. Barcha daryolarning umumiy o‘rtacha yillik oqimi yiliga qariyb 116,2
km
3
ni tashkil etadi, shundan 67,4% Amudaryo havzasida (yiliga 78,3 km
3
) va 32,6% Sirdaryo
havzasida (yiliga 37,9 km
3
) hosil bo‘ladi. Yer osti suvlarining umumiy zaxirasi 1,17 mlrd. m
3
ni,
tashkil etib, shundan 14,7 mlrd. m
3
Amudaryo havzasida, 16,4 mlrd. m
3
esa Sirdaryo havzasida
joylashgan (EFSB, O‘zbekiston, uchinchi sharh). Amudaryo va Sirdaryo
daryolarining oqimi
yog‘ingarchilikning o‘zgarishi tufayli iqlim o‘zgarishi ta’siri ostida yanada kuchayishi mumkin
bo‘lgan yillararo kuchli o‘zgaruvchanlik bilan tavsiflanadi. Haroratning oshishi va daryolardagi
suvning pasayishi qishloq xo‘jaligi, gidroenergetika va sanoatga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iqlim o‘zgarishi modellariga ko‘ra, 2030-yilga kelib Markaziy Osiyoning ikkita asosiy daryosi –
Amudaryo va Sirdaryoning suv resurslari 10-15% ga kamayishi mumkin. Mamlakatdagi ayrim
hududlar favqulodda yuqori suv tanqisligini boshdan kechirmoqda. Buxoro, Samarqand, Farg‘ona,
Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida mavjud bo‘lgan barcha suvning 80% dan ortig‘i
olinadi (WRI, n.d.).
60
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
So‘nggi o‘n yilliklarda aholi jon boshiga suv resurslari hajmi to‘rt baravar kamaydi – 1960-yilda
8400 m
3
edi, hozirgi paytda esa 2100 m
3
ni tashkil etmoqda (Niyazi, 2022-y.). O‘zbekistonda
iqlim o‘zgarishi va aholi sonining ortishi natijasida, ayniqsa Amudaryo havzasining quyi
oqimida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari) haddan ortiq suv
tanqisligi va qurg‘oqchilik xavfi sezilarli darajada oshdi (Talskix, Beglov, 2008 g.; O‘zbekiston
hukumati, 2021-y.).
Davlatlararo suv taqsimotiga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga 90% ta’minot bilan 59,2 km
3
suv
resurslari
hajmiga ega. Yer usti suv oqimlaridan aslida suv olish, suv resurslarining mavjudligi, ya’ni
yilning sersuvligiga bog‘liq. Katta va kichik daryolarning yer usti suvlaridan tashqari, suvdan
foydalanuvchilarning ehtiyojlari yer osti suvlarining ekspluatatsiya zaxiralari va kollektor-drenaj
oqimini qayta ishlatish hisobiga qoplanadi. Tog‘ zonasida umumiy minerallashuv bo‘yicha suv sifati
yuqori (60 dan 400 mg/l gacha). Og‘ir metallar, fenollar va tabiiy uglevodorodlar kabi o‘ziga xos
ifloslantiruvchi moddalar fon ko‘rsatkichlari doirasida mavjud. Tekislik
hududida, daryo oqimidan
foydalanish zonasi va daryo etaklarida yer usti suvlari kuchli minerallashuvga ega (1070 dan 2500
mg/l gacha), sanoat va shahar aglomeratsiyalarining ta’sir zonasidagi suvlar nitrit azoti, organik
moddalar va og‘ir metallarning yuqori miqdori bilan ajralib turadi.
Iqlim ssenariylariga ko‘ra, 2050-yilga kelib Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalarida suv
oqimi hajmi mos ravishda 10%–15% va 6%–10% ga kamayadi, bu shubhasiz, suv tanqisligining
kuchayishiga olib keladi. Mazkur salbiy tendensiyalar, bioxilma-xillikning bir qismini yo‘qotgan
tuproq resurslari va tabiiy ekotizimlar degradatsiyasi bilan bir qatorda, suv resurslarini
boshqarishni moslashtirish va takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va
suvdan foydalanishning barcha darajalarida undan yanada oqilona va tejamkor foydalanishga
o‘tishni talab qiladi (O‘zbekiston Respublikasining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi uchinchi milliy
axboroti, 2016-y.).
So‘nggi baholashga ko‘ra (O‘zbekiston hukumati, 2021-yil), 1957–2010-yillar
davomida Pskom
daryosi havzasidagi muzliklarning umumiy hajmi 24,3 foizga, Qashqadaryo daryosi havzasida
67,4 foizga, Surxondaryo daryosi havzasida 40,1 foizga qisqargan. Uchinchi milliy axborotda
(O‘zbekiston hukumati, 2016-y.) keltirilgan tahlil natijalariga ko‘ra, barcha ishlab chiqilgan
ssenariylarga muvofiq muzliklar maydonining kamayish ehtimoli mavjud, shuningdek muzliklarga
issiqxona gazlari tashlamalarining tashlanishi bo‘yicha ekstremal ssenariy yuzaga kelgan taqdirda,
mamlakatdagi muzliklar keyingi 30–50 yil ichida butkul yo‘qolib ketishini taxmin qilish mumkin.