Partnership Fund (2017-y)




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz


Partnership Fund (2017-y).
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining tasnifiga ko‘ra, I–IV-toifadagi muhofaza etiladigan 
tabiiy hududlar va biosfera rezervatlari maydoni 6,321 mln. gektar yoki mamlakat umumiy 
maydonining 14,08 foizini tashkil etadi (ilovada A9–12-jadvallar). Mazkur hududlarda O‘zbekiston 
Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan umurtqali hayvonlarning 102 turi (83%), o‘simliklarning 
280 turi (89%) yashaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining «Muhofaza etiladigan 
tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, ekoturizmni 
rivojlantirish to‘g‘risidagi qator qarorlari ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda turizmni 
boshqarish uchun imkoniyatlar yaratdi. Muhofaza etiladigan hududlar tizimi tabiiy yashash 
joylarini yuqori darajada himoya qilishni ta’minlaydi. Biroq, ular umumiy hajm, reprezentativlik 
va moliyalashtirish nuqtayi nazaridan cheklovlarga ega. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning 
kamchiligi, bu ayrim muhofaza etiladigan hududlarning bo‘linganligi va maydonining yetarli 
emasligidadir. Qo‘riqxonalar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydoni hayvon 
turlarining yashovchan populyatsiyasini saqlab qolish uchun juda tor bo‘lib, bu, turlar va 
ekotizimlarni to‘liq himoya qilishni cheklaydi. Bundan tashqari, deyarli barcha qo‘riqxonalar 
chegara hududida joylashgan bo‘lib, bu ularning ishlariga alohida ta’sir ko‘rsatadi. Umuman 
olganda, so‘nggi 20 yil ichida xo‘jalik faoliyati natijasida tabiiy yashash joylari maydoni sezilarli 
ravishda qisqardi.
O‘zbekiston Respublikasi 1993-yildan buyon YuNESKOning Butunjahon madaniy va tabiiy 
merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiyasining ishtirokchisi hisoblanadi. O‘zbekiston, 
Qozog‘iston va Qirg‘iziston tomonidan taqdim etilgan «G‘arbiy Tyan-Shan» transchegaraviy tabiat 
obyekti 2016-yilda YuNESKOning Butunjahon madaniy va tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 
Butunjahon merosi qo‘mitasi bir ovozdan endemiklikning yuqori darajasi, noyob hamda yo‘qolib 
borayotgan hayvonot va o‘simlik dunyosi turlari, shu jumladan Menzbira sug‘uri, qor qoploni, 
tyanshan tog‘ qo‘ylari va h.k.lar bilan ajralib turadigan mintaqaning noyob tabiiy boyligini tan oldi.
2023-yilning 20-sentabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan 
YuNESKOning Butunjahon merosi qo‘mitasining 45-yig‘ilishida «Mo‘tadil mintaqadagi Turon 
cho‘llari» transchegaraviy tabiat obyekti YuNESKOning Butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga 
kiritildi. Turon cho‘llari YuNESKO ro‘yxatidagi mo‘tadil mintaqadagi cho‘llar toifasiga kiritilgan 
birinchi obyekt hisoblanadi. Ushbu obyektlar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston 
davlatlaridagi mavjud cho‘l qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar va landshaft buyurtma qo‘riqxonalari 
hududlarida joylashgan. Mo‘tadil mintaqadagi Turon cho‘llarining Butunjahon tabiiy merosi 
ro‘yxatiga kiritilishi, noyob biologik xilma-xillikni saqlab qolish nuqtayi nazaridan muhim 
ahamiyatga ega. Xususan, bu sutemizuvchilarning 41 turini, qushlarning 167 turini, sudralib 
yuruvchilarning 42 turini, ular orasida qulon, sayg‘oq, jayron, yovvoyi qo‘y, shuningdek, global 
miqyosda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon hamda o‘simliklarning ko‘plab turlarini 
himoya qilishni xalqaro darajaga olib chiqadi.



Download 2,81 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish