2-rasm.
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar turlari (tanlangan)
Eslatma: Suratlar muallifi (yuqori chapdan soat yo‘nalishi bo‘yicha): Anna Barashkova, Mariya Gritsina,
Natalya Marmazinskaya, Mariya Gritsina.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi, 2019-yil.
5.4.4 Javob choralari
Ayni paytda 2019–2028-yillarga mo‘ljallangan bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya
va Harakatlar rejasi amalga oshirilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad, bu – mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishi va ekotizimlarning uzluksiz ishlashi o‘rtasida barqaror muvozanatga erishishdan
iborat. Yangilangan strategiyaning konseptual asosi Milliy strategik maqsad va vazifalar bo‘lib,
ular bioxilma-xillikni saqlash sohasidagi milliy ehtiyojlar va ustuvorliklarni, shuningdek, 2010-yilda
Aichida qabul qilingan global maqsadlarga erishishda milliy hissa qo‘shish zarurligini hisobga olgan
Manul,
Otocolobus manul
Qo‘ng‘ir ayiq,
Ursus arctos ssp
Bo‘z echkemar,
Varanus griseus
G‘urrak,
Streptopelia turtur
53
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
holda ishlab chiqildi. Jami 4 ta milliy strategik maqsad va 9 ta vazifa belgilandi. Bioxilma-xillikni
saqlash va ulardan barqaror foydalanish bo‘yicha milliy maqsadlarga erishish yo‘lidagi yutuqlarni
baholash uchun ko‘rsatkichlar va maqsadlar ishlab chiqildi. Milliy maqsad va vazifalar, shuningdek,
ularni amalga oshirish ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasining biologik xilma-xillikni saqlash
bo‘yicha oltinchi Milliy ma’ruzasida keltirib o‘tilgan (UNDP, GEF va SCEEP, 2018-y.).
Biologik resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish, mamlakat tomonidan olib borilayotgan
siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Biologik resurslardan foydalanishni davlat tomonidan
tartibga solish yovvoyi hayvonlarni ovlash va o‘simliklarni yig‘ish uchun yillik kvotalarni belgilash
orqali amalga oshiriladi. Kvotalar Ekologiya vazirligi tomonidan Fanlar Akademiyasi bilan
kelishilgan holda Biologik resurslar obyektlaridan foydalanishning yillik me’yorlarini belgilash
bo‘yicha idoralararo komissiya qarori bilan tasdiqlanadi. Kvotalar tabiatdan foydalanuvchilar
tomonidan kelib tushgan arizalar asosida, ovlanadigan hayvonlar va yig‘ib olinadigan o‘simliklarni
muntazam inventarizatsiya qilish va hisobga olish natijalariga muvofiq ravishda shakllantiriladi.
Biroq, hozirgi vaqtda O‘zbekistonning eng ko‘p talab etiladigan dorivor, oziq-ovqat va boshqa
xom ashyo o‘simliklarining tabiiy populyatsiyalari, shuningdek, ovlanadigan hayvonlarning
holati to‘g‘risida ma’lumotlar nihoyatda kam. 2021-yildan buyon mamlakatda daraxtzorlarni
ko‘paytirishga qaratilgan «Yashil makon» umummilliy loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu
loyiha 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, uning doirasida har yili 200 mln. tup ko‘chat, daraxt qalamchalari
va butalarni ekish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 2019-yildan boshlab qimmatbaho navli
daraxtlarni kesishga bir yillik moratoriy joriy etildi, 2022-yildan boshlab esa, qimmatbaho navli
daraxt va butalar kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirildi (O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.12.2021-yildagi PF–46-son).
Hayvonot dunyosi turlari resurslarini ham ma’muriy tumanlar, ham butun mamlakat miqyosida
xatlovdan o‘tkazish, ulardan oqilona foydalanishning asosidir. Ekologiya vazirligi va Fanlar
akademiyasi tomonidan mamlakat tabiiy resurslarini hisobga olish, baholash hamda ulardan
oqilona foydalanish uchun hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarining tizimlashtirilgan va
standartlashtirilgan, sifat va miqdoriy tavsiflarini o‘z ichiga olgan davlat kadastrlarining yagona
tizimi yuritilmoqda. Kadastr ma’lumotlari, o‘rmon xo‘jaligi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
tizimini rivojlantirishni rejalashtirish, o‘simlik va hayvonot dunyosi resurslarining holatini aniqlash
va ulardan foydalanish kvotalarini belgilash, Qizil kitobni yuritish, turli xo‘jalik obyektlarining
ekologik ekspertizasini o‘tkazish va h.k.lar uchun asosdir.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mamlakatda bioxilma-xillikni saqlashning asosini tashkil
etadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yangi tasnifida, XTMIning ekologik va iqtisodiy
manfaatlarning uyg‘unligini ta’minlaydigan turli rejimdagi muhofaza etiladigan hududlarning
yagona ekologik tarmog‘ini yaratish borasidagi tavsiyalari hisobga olingan.
Qo‘riqlanadigan hududlarning, masalan, kompleks (landshaft) qo‘riqxonalar, resurslarni
boshqarish uchun qo‘riqlanadigan hududlar va tabiiy pitomniklar kabi muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarning yangi toifalari va turlari joriy etildi. Hozirgi kunda mamlakatda 7 ta davlat tabiat
qo‘riqxonasi, 1 ta kompleks (landshaft) qo‘riqxonasi, 12 ta tabiiy bog‘, 1 ta milliy bog‘, 11 ta
tabiiy yodgorlik, 2 ta davlat biosfera rezervati, 12 ta buyurtma qo‘riqxonasi, 1 ta ixtisoslashtirilgan
«Jayron» pitomnigi faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy maydoni 6 321 258,21 gektarni
tashkil etadi. 36 ta asosiy bioxilma-xillik hududlari mavjud bo‘lib, ulardan 12 ta hudud qisman
yoki to‘liq mavjud qo‘riqlanadigan hududlarga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Qushlarni muhofaza
54
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
qilish jamiyati (UzSPB) va Fanlar akademiyasi zoologiya instituti milliy ekspertlari hayvonot
dunyosi xilma-xilligini saqlash uchun muhim bo‘lgan 10 ta asosiy bioxilma-xillik hududini ajratdi,
ulardan 5 tasi Bioxilma-xillikning asosiy hududlarini saqlash bo‘yicha sheriklik jamg‘armasi
(CEPF) tomonidan tadqiqotlar uchun ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi (Critical Ecosystem
|