|
Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlarBog'liq uzbekistan-state-of-the-environment-uz5.4.1 Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlar
Bioxilma-xillik holatidagi ekologik o‘zgarishlarning harakatlantiruvchi kuchlari, asosan, biologik
resurslardan barqaror foydalanish masalalariga cheklangan tarzda e’tibor bergan holda qishloq
xo‘jaligi va iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bog‘liq. Mamlakat aholisi va iqtisodiyotining jadal
o‘sishi barcha resurslardan shiddatli ravishda foydalanishga olib keladi. Ushbu jarayonlar
tabiiy resurslarga bo‘lgan talabning oshishi, yerlarni qayta tashkil etish hamda atrof-muhitning
ifloslanishiga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, ekotizimlar va bioxilma-xillikka bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Bundan tashqari, noqonuniy ov, brakonerlik, tabiiy resurslar va bioxilma-xillikni
muhofaza qilishning samarasiz boshqaruvi, yashash joylari va bioxilma-xillikka salbiy ta’sirni
yanada kuchaytiradi.
Qishloq xo‘jaligi, shu jumladan chorvachilikni rivojlantirish natijasida tabiiy yashash
joylarining buzilishi va yo‘qolishi
. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi natijasida ulkan hududlar
shu qadar o‘zgardiki, ularning bioxilma-xilligi keskin yomonlashdi, ayrim turlari esa yo‘qolib
ketdi yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Tabiiy yashash joylarining bir qismi qishloq xo‘jaligi,
qolgan qismi esa yo‘llar, kommunikatsiya va boshqa tuzilmalar bilan kichik qismlarga bo‘lindi
(fragmentatsiya). Bundan tashqari, chorva mollarini boqish, cho‘l ekotizimlari va adirlardagi
serunum landshaftlarni eng katta bosim ostida qoldirdi. Degradatsiya noyob va global tahdid
ostida bo‘lgan sutemizuvchilar, shuningdek, noyob va endemik o‘simlik turlariga ta’sir qiladi.
Yozgi va qishki yaylovlar o‘rtasida chorva mollarini ko‘chirishning an’anaviy amaliyotidan voz
kechish yanada ko‘proq bosim o‘tkazadi, zero yil davomida chorva mollarini aholi punktlariga
yaqin bo‘lgan yerlarda boqish qulayroq.
O‘rmon biotoplarining qisqarishi, sanoat va rekreatsiya faoliyati bilan bog‘liq
|
| |