Yerdan foydalanish va bioxilma-xillik




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

5.4 Yerdan foydalanish va bioxilma-xillik
20-jadval. 
Yerdan foydalanish va bioxilma-xillik – asosiy ko‘rsatkichlar va 
tendensiyalar 
Ko‘rsatkich
Uzoq muddat 
(10 yil)
O‘rtacha 
muddat (3 yil)
Izohlar
Muhofaza etiladigan 
hududlar soni va 
maydoni
⚪ 
Barqaror
ARROW-CIRCLE-UP
Yaxshilangan
2019–2022-yillarda 11 ta 
muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar tashkil etildi.
Muhofaza etiladigan tabiiy 
hududlar maydoni 6,321 mln. 
gektarni yoki mamlakat 
umumiy maydonining 14,08 
foizini tashkil qiladi.
O‘rmon yerlari
⚪ 
Barqaror
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
O‘rmon maydonlarining sezilarli 
darajada ko‘payishi.
Tabiatni 
muhofaza qilish, 
sog‘lomlashtirish, 
rekreatsiya 
maqsadlariga 
mo‘ljallangan yerlar
⚪ 
Barqaror
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
2017–2022-yillarda bunday 
yerlar maydoni qariyb 10 
barobarga oshdi.
Tabiiy yashash 
muhitining buzilish 
darajasi
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
So‘nggi 20 yil ichida xo‘jalik 
faoliyati natijasida tabiiy 
yashash joylarining maydoni 
qisqardi.
Yo‘qolib ketish xavfi 
ostidagi turlar 
statusi
⚪ 
Barqaror
CIRCLE-PLUS 
Ijobiy
O‘zbekiston Respublikasi 
Qizil kitobiga (2019) 206 ta 
hayvon turi va 314 ta o‘simlik 
turi kiritilgan. Muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar bilan 
O‘zbekiston Respublikasi Qizil 
kitobiga kiritilgan 102 turdagi 
umurtqali hayvonlarning 
yashash muhiti (83%) va 280 
turdagi o‘simliklar (89%) o‘sish 
hududlari qamrab olingan.
Manba: Mualliflar.


49
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
• O‘zbekistondagi muhofaza etiladigan hududlarning hozirgi holati va bu sohadagi 
zamonaviy tendensiyalar tahlili, so‘nggi yillarda mamlakatda muhofaza etiladigan hududlar 
soni va maydoni ortib borayotganini ko‘rsatdi.
• Hozirgi vaqtda o‘rmon xo‘jaligi sohasida islohotlar olib borilmoqda, buning natijasida 
mamlakatda o‘rmon fondi yerlarining maydoni sezilarli darajada oshdi. Ayni paytda bu 
ko‘rsatkich mamlakat hududining 26,1 % ni tashkil etadi, 1990–2000-yillarda esa, davlat 
o‘rmon fondining yerlari 5,3% dan oshmagan.
• Shu bilan birga, o‘simliklar dunyosining xilma-xilligi, asosan, tabiiy yashash joylarining 
qisqarishi va o‘zgarishi, bioxilma-xillik va tabiiy resurslardan haddan tashqari foydalanish 
natijasida qisqarishda davom etmoqda.
• Qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zlashtirish, yer usti suvlarini qayta taqsimlash, yaylov 
chorvadorligi, energetika va tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, tog‘li hududlarda infratuzilma 
va aholi punktlarining o‘sishi kabi antropogen omillarning hayvonot va o‘simliklar 
dunyosining xilma-xilligiga salbiy ta’siri doimiy bo‘lib qolmoqda yoki kuchaymoqda.
• Iqlim o‘zgarishi yerlarning degradatsiyasi va cho‘llanishini kuchaytiradi, bu esa, o‘z 
navbatida, bioxilma-xillik holatiga ta’sir qiladi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish