47
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
3,97 MRK (2015-y.), 3,17 MRK (2016-y.) va 2,3 MRK (2018-y.); Sirdaryo viloyati – 2,9 MRK
(2017-y.); Andijon viloyati – 1,55 MRK (2019-y.).
Sanoat toksikantlari uchun tuproqlarni
tekshirish
shuni ko‘rsatdiki, misning ko‘chma va kislotada eriydigan shakllari, neft mahsulotlari va
boshqa moddalar turli hududlarda ustuvor ifloslantiruvchi moddalar hisoblanadi. 2015–2022-yillar
davomida tadqiq etilgan shaharlar atrofidagi tuproqlar uchun nitrat azoti, mis, qo‘rg‘oshin va rux,
margimush, simob va misning ko‘chma shakllarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari MRK dan oshmagan.
O‘ziga xos tuproq-iqlim
sharoiti tufayli, tabiiy drenajning yetarli emasligi va yer osti suvlari
minerallashuvining yuqori darajasi natijasida bir qator hududlar «birlamchi sho‘rlangan». Gumus
miqdori 1 foizgacha bo‘lgan maydon 68% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 707 ming gektar
yaylov (12%) degradatsiyaga uchragan. Keyingi yillarda
kuzatilayotgan suv tanqisligi, yerlarning
qoniqarsiz meliorativ holati, zarur muddatlarda boshqa tashkiliy choralar ko‘rilmaganligi sababli
560 ming gektar sug‘oriladigan yerning suv bilan ta’minlanish darajasi pastligicha qolmoqda.
Insonning xo‘jalik faoliyati ta’siri ostida yer resurslarining katta qismi cho‘llanish jarayonlariga
duchor bo‘lmoqda. Ushbu omillar birgalikda tuproq funksiyalarining o‘zgarishi, ya’ni
ularning
miqdoriy va sifat jihatidan degradatsiyaga uchrashi, shuningdek, tabiiy-xo‘jalik ahamiyatining
pasayishiga olib keladi.
Yerning degradatsiyasi tabiiy unumdorlikning yo‘qolishiga
olib keladi, bu esa, tiklanish uchun
uzoq vaqtni talab etadi. Yaylovlarda chorva mollarini boqish qisqarsa, yer degradatsiyasining
ba’zi shakllari tabiiy jarayonlar ta’sirida ortga qaytariladi. Agar yerlar 15-20 yil davomida bo‘sh
saqlansa, cho‘l tuproq-o‘simlik majmualari qayta tiklanadi. Chorva mollarini
boqishni sezilarli
darajada qisqartirish yoki to‘liq to‘xtatish yaylovlarda o‘tlarning tiklanishiga olib keladi. Chuqur
degradatsiyaning ayrim turlari qaytarilmasdir, masalan, tuproqning yuqori qatlamini sanoat va
maishiy chiqindilar bilan ifloslanishi va buzilishi shular jumlasidandir. Qumtepaliklar (ko‘chma)
holatida tabiat obyektlarni noto‘liq tiklash texnologiyalari ham bo‘lishi mumkin, ammo ular ko‘p
xarajatni talab etadi.