Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlar




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

5.3.1 Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlar
Cho‘llanishga tabiiy-iqlim omillari ham, antropogen bosim ham sababchi bo‘ladi. Iqlimning 
quruqligi O‘zbekistonda tuproq hosil bo‘lish jarayonining sust namoyon bo‘lishiga sabab 
bo‘lmoqda. Zaif tuzilishga ega, sho‘rligi yuqori va gumus miqdori past bo‘lgan qurg‘oqchil 
tuproqlar, mamlakatning katta hududida esa (70%) – cho‘l qumli va taqir tuproqlar keng 
tarqalgan. O‘zbekiston qurg‘oqchilik xavfi bo‘yicha dunyoda 13-o‘rinda turadi (WRI, n. d.). 
Uning deyarli butun hududi qurg‘oqchil bo‘lib, yozgi va qishki havo harorati sezilarli darajada 
o‘zgarib turadigan keskin kontinental iqlimga ega. Mamlakat tekisliklarida yog‘ingarchilikning 
kam bo‘lishi cho‘llanishga olib keladi.
Tabiiy qumli cho‘llarning bepoyon kengliklari shamol eroziyasi va katta miqdordagi serloyqa va 
qumli cho‘kindilarning ko‘chishi, cho‘l hududlarining kengayishi hamda chang bo‘ronlarining avj 
olishiga sabab bo‘lmoqda, bu, ayniqsa, Orolbo‘yi mintaqasi va mamlakatning janubiy viloyatlarida 
ro‘y bermoqda. Cho‘llanishga olib keladigan boshqa tabiiy-iqlim omillariga dov-daraxtsiz 
hududlarda suv va shamol eroziyasi, jarliklarning ko‘payishi va qiyaliklarning sellar oqibatida 
vayron bo‘lishi, ko‘chkilar, yong‘inlar, yer usti va yer osti suvlari minerallashuvi natijasida turli 
hududlarda o‘simlik qoplamining barbod bo‘lishi, cho‘l zonalarida o‘simliklarning siyrakligi, bahor 
faslida iqlim omillari va antropogen ta’sirga qarab, efemer (o‘tkinchi) o‘simliklarning kuchli zaifligi
tog‘ oldi va tog‘li hududlarning o‘rmonlar bilan qoplanishining sustligi kabilar kiradi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida eng yuqori aholi zichligiga ega. 2023-yil 
1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat aholisining zichligi 1 km
2
ga 80,2 kishini tashkil etgan. Aholi 


45
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
sonining o‘sishi mamlakat rivojlanishining ijobiy omili bo‘lgani holda, yerlarni qurilish ishlari 
va qishloq xo‘jaligiga aylantirish borasida bosimni keltirib chiqaradi. Qishloq xo‘jaligi eskirgan 
irrigatsiya tizimi va chorva mollarini haddan tashqari boqish tufayli cho‘llanishga olib keladi. 
Bundan tashqari, ekiladigan qishloq xo‘jaligi yer ekinlari tarkibida tuproqni buzuvchi ekinlarning 
ulushi yuqori bo‘lib, bu yerlarning degradatsiyasiga olib keladi. Dukkakli va yem-xashak ekinlari 
(shu jumladan beda) ekiladigan maydonlarning ko‘payishi tuproq unumdorligining oshishiga 
yordam beradi, ammo bu yondashuv hali yetarli darajada o‘zlashtirilmagan. Cho‘llanish va tuproq 
eroziyasiga turli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa antropogen omillarga daraxtlarning noqonuniy 
kesilishi, uy-joy qurilishi uchun yerlarni nooqilona rejalashtirish va ulardan foydalanish, yo‘l 
tarmog‘i va kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish, neft-gaz sanoatining va foydali qazilmalarni 
qazib olish maydonlari ko‘lamlarini oshirish kiradi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlar

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish