Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston Yer osti suvlarining tabiiy resurslari




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

41
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Yer osti suvlarining tabiiy resurslari
, deganda tabiiy sharoitda yer osti suvlari oziqlanishini 
ta’minlaydigan resurslar tushuniladi (atmosfera yog‘inlaridan infiltratsiya (sizib o‘tish), yer usti 
suv havzalari va suv oqimlaridan filtrlash, yuqori va ostki suv qatlamlaridan suv quyilishi). Yer 
osti suvlarining tabiiy resurslari sutka davomida 75 580,56 ming m
3
, prognozli foydalanish 
resurslari sutkasiga – 63 986,53 ming m
3
ni tashkil qiladi. Respublika hududida 
yer osti suvlari 
resurslarining umumiy hajmi 
sutkasiga 17 212,2 ming m
3
, ya’ni tabiiy suv resurslarining 22,8 
foizini tashkil qiladi. Qidiruv-o‘rganishlar natijasida mamlakatda jami 97 ta yer osti suv konlari 
topilgan, ularning mavjud resurslari sutkasiga 63,9 mln.m
3
ni tashkil etadi. O‘zbekistondagi qator 
daryolarning (Surxondaryo, Qashqadaryo, Pskom) yuqori oqimida 525 ta tog‘ muzliklari bo‘lib, 
ularning umumiy muzlik maydoni 54,2 km
2
dan iborat.
Yer osti suvlari bilan ta’minlash 69 ta shahar, 335 ta posyolka va 2902 ta qishloq aholi punktlari 
aholisining ehtiyojlarini qondiradi. Hozirgi paytda qariyb 50 839 ta quduqdan foydalanilmoqda. 
Ulardan 43 foizi maishiy ehtiyojlar, 35 foizi ekinlarni sug‘orish, 10 foizi ishlab chiqarish va texnik 
maqsadlar va 2,8 foizi yaylovlarni sug‘orish uchun ishlatiladi. Yer osti chuchuk suvlarining katta 
zaxiralari (minerallashuvi 1 g/l gacha) Toshkent (28,5%), Samarqand (13,7%), Surxondaryo 
(13,1%), Namangan (12,8%) va Andijon (12,3%) viloyatlarida to‘plangan. Buxoro va Navoiy 
viloyatlari yer osti chuchuk suvlari bilan ta’minlanmagan (0,3 foizdan kam), Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va Xorazm viloyatida esa yer osti chuchuk suv zaxiralari tugab bo‘lgan. Yer osti 
suvlarining tegishli holatini saqlab qolish uchun doimiy monitoring olib boriladi, shu jumladan, 
qo‘riqlanadigan hududlar maqomini olgan konlar hududlarida ham.

Download 2,81 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston Yer osti suvlarining tabiiy resurslari

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish