|
-jadval.
Suvning ifloslanish indeksi (SII) bo‘yicha yer usti suvlarining ifloslanish
mezonlari
Suv sifati sinfiBog'liq uzbekistan-state-of-the-environment-uz17-jadval.
Suvning ifloslanish indeksi (SII) bo‘yicha yer usti suvlarining ifloslanish
mezonlari
Suv sifati sinfi
Matnli ta’rif
SII qiymati
I
Juda toza
0,3 dan kam yoki teng
II
Toza
0,3 dan 1,0 gacha
III
O‘rtacha ifloslangan
0,1 dan 2,5 gacha
IV
Ifloslangan
2,5 dan 4,0 gacha
V
Iflos
4,0 dan 6,0 gacha
VI
Juda iflos
6,0 dan 10,0 gacha
VII
Haddan ortiq iflos
10,0 dan ortiq
Manba: WHO, 2011.
Ifloslanish ichki va transchegaraviy manbalardan kelib chiqadi. Masalan, Amudaryo va Sirdaryo
daryolaridagi suvning kimyoviy tarkibiga O‘zbekiston va qo‘shni Tojikiston va Qirg‘izistonning
qishloq xo‘jaligi, sanoat hamda kommunal obyektlarning ifloslanishi ta’sir ko‘rsatadi. Yer usti
suvlari monitoringi va mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, respublika
suv oqimlarining aksariyati, SIIning qabul qilingan tasnifiga ko‘ra, o‘rtacha ifloslangan suvlarning
III sinfiga tegishli. Yirik sanoat va kommunal (oqova suvlarni tozalash) korxonalari jam bo‘lgan
hududlarda suv oqimlarida suv sifatining mahalliy yomonlashuvi kuzatilmoqda. Masalan, Chirchiq
daryosining quyi oqimida joylashgan «Elektrokimyosanoat» korxonasi (Chirchiq sh.,) hududida
Chirchiq daryosining suvi IV sinfiga qadar yomonlashadi (2018–2019-yy.) Oqim hosil bo‘lish
zonasida SII bo‘yicha suv sifati, qoida tariqasida, suv tozaligining II sinfiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi
uch yil ichida O‘zbekiston Respublikasining asosiy suv oqimlarida suv sifati barqarorlashdi.
Yer osti suvlari xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minoti, sanoat suv ta’minoti, yaylovlarni sug‘orishning asosiy
manbai hisoblanib, so‘nggi yillarda ulardan yerlarni sug‘orishda ham qisman foydalanilmoqda.
|
| |