36
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2020–2023-yillarda Shveysariyaning atrof-muhitni muhofaza qilish Federal idorasi
(FOEN) tomonidan moliyalashtiriladigan BMT YeIK loyihasi doirasida 41 ta foydali qazilmani
qayta ishlashdan qoladigan xom ashyo omborlari (bundan buyon xom ashyo chiqindi omborlari
deb yuritiladi) mavjudligi aniqlangan. Ushbu omborlarning o‘ntasi Afg‘oniston, Qirg‘iziston va
Tojikiston bilan chegara yaqinida yoki umumiy daryoda, masalan, Sirdaryo yoki Amudaryoda
joylashgan, avariya yuz bergan taqdirda, ular potensial keng tarqalgan transchegaraviy ta’sirlar
bilan suvning ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Agar yuqori oqim bo‘ylab joylashgan boshqa
davlatda avariya sodir bo‘lsa, O‘zbekiston quyi oqimda joylashgan mamlakat bo‘lgani bois jabr
ko‘rishi mumkin. Xususan, chiqindi omborlarining qariyb yarmi
Sirdaryo havzasining yuqori
oqimida joylashgan davlatlarga (Qirg‘iziston va Tojikiston) to‘g‘ri keladi. Bu, o‘z navbatida,
avariya yuz bergan taqdirda transchegaraviy suv ifloslanishini keltirib chiqarishi mumkin, bu
esa, O‘zbekistonga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Shu bois, O‘zbekistonga mintaqaviy hamkorlik,
birinchidan, xom ashyo chiqindi omborlaridagi avariya hamda suvning
favqulodda ifloslanishining
oldini olish, ikkinchidan, transchegaraviy oqibatlarga olib keladigan avariya holatlari uchun tayyor
turishni ta’minlash va tezkor ta’sir choralarini ko‘rishga imkoniyat yaratish uchun juda muhimdir.
Bundan tashqari, O‘zbekiston tez-tez va ekstremal ob-havo va iqlim hodisalari oqibatlaridan aziyat
chekmoqda, bu esa, agar tegishli choralar ko‘rilmasa, hudud konlarining xom ashyo chiqindi
omborlarida suvning sifati va miqdoriga ta’sir qiluvchi xavfli tabiiy hodisalar ehtimolini oshiradi.
Tabiat xavf-xatarlar sabab yuzaga kelgan (Natech) texnogen avariyalar qishloq va shahar aholi
punktlari, shu jumladan jamoat infratuzilmasidan foydalanish va suv resurslarini yetarli miqdorda
hamda sifatli xavfsiz boshqarish imkoniyatiga tahdid soladi. Masalan, shunday avariyalarning
halokatli oqibatlari 2020-yilda to‘g‘onning favqulodda vayron bo‘lishi va O‘zbekistondagi
Sardoba
suv omborining o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan ommaviy suv toshqini paytida namoyon bo‘ldi.
Shu munosabat bilan O‘zbekistondagi xom ashyo chiqindi omborlari bilan bog‘liq yashirin xavf-
xatar va tahlikalarni kamaytirish, shuningdek, sanoat avariyalari va suv ifloslanishining oldini
olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni yumshatish uchun tabiiy, iqlim va
texnogen xavflar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda ko‘plab
xavf-xatar, shu jumladan
havza darajasini hisobga olgan holda asoslangan yondashuvni ishlab chiqishga jiddiy zarurat
paydo bo‘lmoqda.