40
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
O‘zbekiston hududida shakllanadigan suv oqimlari tog‘ orqali hosil bo‘ladi, zero, ular ekologik toza
zonalarda joylashgan va dastlabki qulay ekologik sharoitlar gradiyentini yaratadi. Tog‘li
zonada
suv oqimlari ifloslanishining yaqqol manbalari yo‘q va suv ko‘rsatkichlari, perifitonning tarkibi
hamda tuzilishidagi barcha o‘zgarishlar orografiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va profil bo‘yicha
umumiy landshaft holati tufayli tabiiydir. Suv oqimi hosil bo‘lish zonasida joylashgan daryolardagi
suvning sifati, daryo o‘zanlarini tashkil etuvchi suv tubida yotgan jinslarning ifloslanishi va inson
faoliyatiga bog‘liq.
O‘zbekistonda suv sifatini yaxlit baholash uchun oltita gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar –
erigan
kislorod miqdori, kislorodning biologik iste’moli va me’yorga nisbatan eng yuqori konsentratsiyali
to‘rtta ifloslantiruvchi moddaning namunaviy prognoz nazoratidagi qiymatlarining arifmetik
o‘rtacha qiymati sifatida hisoblangan suvning ifloslanish indeksidan foydalaniladi. Mamlakatda
suvning ifloslanishi indeksining (SII) qiymatlari asosida ishlatiladigan yer
usti suvlari sifatining
klassifikatori 7 ta sifat sinfini o‘z ichiga oladi (17-jadval).