• 19-jadval. Yer fondining toifalari bo‘yicha tarkibi, 2023-yil 1-yanvar holatiga (ming ga.) No. Yer toifalari Umumiy maydon
  • Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    5.3.3 Holat
    O‘zbekiston ikkita katta hududga bo‘linadi: tekisliklar hamda tog‘ oldi va tog‘lar. Tekisliklarga 
    Ustyurt platosi, Amudaryoning quyi oqimi va Qizilqum kiradi. Tog‘ va tog‘ oldi hududlar o‘z ichiga 
    Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiysi, Mirzacho‘l, Chirchiq-Ohangaron va Farg‘ona 
    vodiysini oladi. Mamlakat hududining 70% (31,4 mln. ga) tabiiy sho‘rlanish, o‘zgaruvchan 
    qumlarning tarqalishi, chang bo‘ronlari va quruq shamollarga giriftor bo‘lgan qurg‘oqchil va 


    46
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    yarim qurg‘oqchil joylardan iborat. Turli tabiiy omillar ta’sirida O‘zbekiston hududida quyidagi 
    tuproq turlari: qayir-allyuviy (suvda oqib tushib biror yerda to‘plangan tog‘ jinslari), maysazor 
    bo‘z tuprog‘i, cho‘l qumli, cho‘l taqir, sho‘rxok, kulrang-jigarrang cho‘l tuproqlari, sug‘oriladigan 
    (madaniy) bo‘z tuproq, yengil bo‘z tuproq, oddiy (tipik) bo‘z tuproq, tog‘-qo‘ng‘ir va baland tog‘ 
    o‘tloqlari shakllangan.
    2023-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida umumiy yer maydoni 44892,4 ming gektarni 
    tashkil etadi. Ushbu maydonning eng katta yer maydoni 26 232,3 ming gektar (58,44%) qishloq 
    xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasiga kiradi, shu jumladan ekin maydonlari, pichanzorlar, 
    yaylovlar, bog‘lar, uzumzorlar, tomorqa yerlari va boshqalar. Bunda pichanzorlar va yaylovlar 21 
    215,4 ming gektarni egallaydi, bu qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari maydonining qariyb 
    81% yoki mamlakat umumiy maydonining yarmidan bir oz kamroq (47%). Yer fondining toifalar 
    bo‘yicha tarkibi lovadagi A7-jadvalida keltirilgan.
    19-jadval. 
    Yer fondining toifalari bo‘yicha tarkibi, 2023-yil 1-yanvar holatiga
    (ming ga.)
    No.
    Yer toifalari
    Umumiy maydon
    Jami, ming.ga
    %
    1.
    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar
    26 232,3
    58,44
    2.
    Aholi punktlarining (shahar, poselka va 
    qishloq aholi punktlarining) yerlari
    225,8
    0,50
    3.
    Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa 
    maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar
    767,7
    1,71
    4.
    Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va 
    rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar
    3 222,7
    7,18
    5.
    Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
    14,8
    0,03
    6.
    O‘rmon fondi yerlari
    11 738,1
    26,15
    7.
    Suv fondi yerlari 
    827,2
    1,84
    8.
    Zaxira yerlar
    1 863,8
    4,15

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish