yer usti va yer osti suvlarining sifatini




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

yer usti va yer osti suvlarining sifatini 
yaxshilash
suv xo‘jaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. Yer usti 
suvlarining holatini gidrokimyoviy kuzatish ishlari O‘zgidromet agentligi tomonidan 59 ta suv 
obyekti, 86 ta suv stvori, 108 ta stansiyada va 43 ta ingrediyentlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Har 
yili kuzatuv punktlarida 1000 dan ziyod suv namunalari olinadi hamda tahlil qilinadi, tarkibiy 
qismlarni aniqlash bo‘yicha ularning kimyoviy tahlili o‘tkaziladi. Minerallashuv va ifloslanishning 
eng yuqori darajasi asosiy daryolarning o‘rta va quyi oqimlarida qayd etilib, bu aholi salomatligiga 
va turar-joylarni saqlab qolishda jiddiy xavf tug‘diradi.


43
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Kuzatuv punktlarida yer usti suvlaridan namuna olish ularning toifasiga qarab har oyda yoki 
asosiy gidrologik fazalarda amalga oshiriladi. Shunday qilib, qoida tariqasida, o‘rtacha darajada 
ifloslangan intensiv sirtki oqimning tekis zonasida joylashgan III-toifadagi monitoring punktlarida 
har oyda namunalar olinadi. Asosan tog‘li va tog‘ oldi oqimlarining shakllanish zonasida (toza yoki 
bir ifloslangan suvlar) joylashgan IV-toifadagi monitoring punktlarida namunalar, qoida tariqasida, 
asosiy gidrologik fazalarda olinadi. Yer usti oqimining intensiv iste’mol zonasida joylashgan II-
toifadagi punktlarda iflos va juda iflos suvlardan – har o‘n kunda namunalar olinadi. Yer usti 
suvlarida tabiiy tarkibiy qismlari va ifloslantiruvchi moddalarning aniqlangan konsentratsiyasi 
(miqdorpi) suv sifati normativlari – maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalar (MRK) bilan 
taqqoslanadi. Stvor va nazorat nuqtalarida suv ifloslanishining umumiy darajasini baholash uchun 
gidrokimyoviy tahlil natijalari asosida suv sifatining standart ko‘rsatkichi – suvning ifloslanish 
indeksi (SII) hisoblanadi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



yer usti va yer osti suvlarining sifatini

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish