44
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
• Ta’kidlash joizki, aholi sonining o‘sishi, urbanizatsiya va sanoatdagi
ishlab chiqarishning
ortishi, shuningdek, avvallari o‘zlashtirilmagan yerlarni (zaxira yerlar) muomalaga jalb
etish, yer toifalari bo‘yicha maydonlarning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib,
2012-yilga nisbatan qishloq xo‘jaligi yerlari maydoni 5758,8 ming gektarga oshdi. Shu
bilan birga, ekin maydonlari 48,6 ming gektarga qisqardi. Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan
davrda tabiatni
muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va dam olish uchun mo‘ljallangan yer
maydoni 3146,8 ming gektar, o‘rmon fondi yerlari esa, 2102,2
ming gektarga sezilarli
darajada oshdi.
• O‘zbekistonda tuproqni boshqarishda ham salbiy, ham ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda.
Salbiy tendensiyalar tabiiy-iqlim omillar va antropogen faoliyat tufayli cho‘llanish
jarayonlarining rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Tabiiy omillarga O‘zbekistonning asosiy iqlim
sharoiti, masalan, yuqori harorat va yog‘ingarchilikning kamayishi, tuproqning sho‘rlanishi
kiradi.
• Antropogen cho‘llanishning yuqori darajasi yer resurslariga
nisbatan iqtisodiy va
demografik bosimning ortib borayotgani bilan bog‘liq. Bunday antropogen omillarga
sho‘rlanish, botqoqlanish, chorva mollarni haddan ortiq o‘tlatish, sug‘orish eroziyasi,
daraxt va butalarning kesilishi, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligi
faoliyati natijasida
tuproqning ifloslanishi kiradi.
• Ijobiy tendensiyalarga yashil maydonlarni ko‘paytirish, paxta maydonini qisqartirish,
don, meva, sabzavot va yem-xashak ekinlari maydonini kengaytirish, shuningdek, suvni
tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni
ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.