42
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
(30.10.2019-y., PF–5863-son), qishloq va kommunal xo‘jaliklarida suv resurslarining kamayishi va
ifloslanishidan himoya qilish nazarda tutilgan. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
«O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning
2021–2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonida (4.02.2021-y.,
PQ–5005-son), yerlarni sug‘orish amaliyotini soddalashtirish va takomillashtirish, suv va energiyani
tejash, suv resurslarini boshqarishda davlat-xususiy sheriklik, suvdan foydalanuvchilar tomonidan
xarajatlarni qisman qoplash chora-tadbirlari belgilangan. Bundan tashqari, quyi bo‘g‘inda suv
resurslarini boshqarishni takomillashtirish va suv iste’molchilari orasidagi
munosabatlarni tartibga
solish bo‘yicha chora-tadbirlar ham ko‘rilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori,
01.03.2022-yildagi PQ–145-son).
Mamlakatda agrar sektorda suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi
ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ularni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. «Agrobank» ATB qoshida suvni
tejaydigan yangi loyihalarni shakllantirish bo‘yicha alohida markaz tashkil
etish va xorijdan
malakali mutaxassislarni jalb qilish asosiy vazifalardan biri sanaladi. Ta’kidlash joizki, shaffof
suv o‘lchash tizimi joriy etilmoqda va kelgusi uch yil ichida 13 mingta suv xo‘jaligi obyektlari
raqamli texnologiyalarga o‘tkaziladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.04.2023-
y., PQ–107-son). So‘nggi yillarda 400 ming gektarda tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish
texnologiyalari joriy etildi, joriy etishning umumiy darajasi sug‘oriladigan maydonning 23 foizini
tashkil qildi. Suvni tejaydigan texnologiyalar egallagan maydon sug‘oriladigan
maydonlarning
qariyb 25 foizini tashkil qiladi, natijada 2022-yilda 3 mlrd m
3
suv tejaldi. Ushbu texnologiyalarni
joriy etishni yanada rag‘batlantirish maqsadida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish, jumladan, fermerlarga bank kreditlari berish orqali suvni tejash tizimlaridan foydalanishni
rag‘batlantirish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori, 01.04.2023-y., PQ–107-son).
Shu
munosabat bilan, FAO qishloq xo‘jaligida suvdan yanada samarali, adolatli va ekologik xavfsiz
foydalanishga e’tibor qaratib, suv resurslarini boshqarishda mamlakatni qo‘llab-quvvatlamoqda.
FAOning O‘zbekistondagi texnik hamkorlik dasturlari, masalan, «Markaziy Osiyoning agro-oziq-
ovqat sektorida suv siyosatini iqlim o‘zgarishi ta’siriga e’tibor qaratgan holda qo‘llab-quvvatlash»
dasturi, benefitsiar mamlakatlarda agro-oziq-ovqat sektorida
suv siyosatini mustahkamlash,
ayniqsa, suv resurslarini boshqarishda ayollarning rolini oshirish, shuningdek, tashkil etilgan
mintaqaviy tarmoq orqali suv resurslarini boshqarish sohasida mintaqaviy muloqot, tajriba va
bilim almashishga ko‘maklashishga qaratilgan.
Suv resurslarini ifloslanishdan himoya qilish va