5.2.3 Holat va ta’sir
O‘zbekistonning gidrologik sharoiti
O‘zbekistondagi suv resurslari Orol dengizi havzasi suv resurslarining bir qismi hisoblanadi. Orol
dengizi havzasining asosiy gidrologik xususiyati, havzaning turli xil gidrologik funksiyalarga ega
bo‘lgan ikki notekis qism – tog‘li va tekislikka bo‘linishidir. Tog‘li zona keng daryo tarmog‘iga
ega oqim hosil qilish zonasi bo‘lib, havza umumiy maydonining taxminan 25 foizini egallaydi,
bu maydonning 80% Amudaryo va Sirdaryo havzalariga to‘g‘ri keladi. Yog‘ingarchilik kam va
bug‘lanish darajasi yog‘ingarchilik miqdoridan bir necha baravar ko‘p bo‘lgan tekisliklar oqim
hosil bo‘lishida deyarli ishtirok etmaydi. Bundan tashqari, tekisliklardagi bug‘lanish va filtrlash
tog‘li hududlardagi suv oqimi hisobiga amalga oshadi. Daryolar va suv omborlaridan olingan
suv kanallar orqali dalalarga oqiziladi, u yerda transpiratsiya va bug‘lanishga sarflanadi va faqat
bir qismigina daryolarga oqova shaklida qaytadi. Orol dengizi tabiiy gidrologik davrning yakuniy
bo‘g‘ini bo‘lib, suvni tog‘lardan tekisliklarga ko‘chiradi.
38
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
15-jadval.
Amudaryo va Sirdaryo daryolarining suv resurslari va ularning
taqsimlanishi
Mamlakatlar
Jami (km)
3
Shu jumladan (km)
3
Sirdaryo
Amudaryo
O‘zbekiston
56,19
17,28
38,91
Qirg‘iziston
4,41
4,03
0,38
Qozog‘iston
12,29
12,29
-
Tojikiston
12,34
2,46
9,88
Turkmaniston
21,73
-
21,73
Afg‘oniston
7,44
-
7,44
Jami
114,4
36,06
78,34
Manba: (DSMK IAM).
O‘zbekistonning mavjud suv resurslari qayta tiklanadigan yer usti va yer osti suvlaridan,
shuningdek, antropogen foydalanish uchun qaytariladigan suvlardan (oqova va drenaj suvlari)
iborat. O‘zbekistonda foydalanish uchun mavjud bo‘lgan (transchegaraviy suv taqsimotini hisobga
olgan holda) suv resurslarining umumiy hajmi:
• yer usti suvlaridan – 56 km
3
;
• yer osti suvlaridan – 7,8 km
3
;
• qaytgan suvlarni qayta ishlatish – 4,1 km
3
;
• Jami: 68,0 km
3
Suv olish va undan foydalanish yillik suv hajmiga qarab yildan-yilga o‘zgarib turadi. O‘zbekistonning
transchegaraviy suv resurslari taqsimotidagi ulushi (Amudaryo, Sirdaryo – 56,19 km
3
) bilan barcha
suv obyektlaridan yiliga o‘rtacha 51,8 km
3
ga yaqin suv olingan. Ushbu ma’lumotlar taxminan
24 foizni tashkil etadigan suv resurslari tanqisligini ko‘rsatadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari (daryolarning quyi oqimi) suv eng tanqis bo‘lgan
hududlarga kiradi. Asosiy bosim qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda
suvdan foydalanish tizimi va madaniyati yaxshilandi, bu suv resurslaridan oqilona foydalanish
va sug‘oriladigan dalalardan drenaj tizimlariga oqova suvlar tashlamalarini minimallashtirish
imkonini paydo qilib, kam suvli yillarda ham suv tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida qurg‘oqchilikka chidamli va ekinlarning erta navlaridan
tobora ko‘proq foydalanilmoqda; masalan, paxtani 5-6 marta sug‘orish shart emas, hosilni 2-3
marta sug‘orish yo‘li bilan olish ham mumkin.
|