Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

5.2 Suv resurslari
14-jadval. 
Suv resurslari – asosiy ko‘rsatkichlar va tendensiyalar
Ko‘rsatkich
Uzoq muddat 
(10 yil)
O‘rtacha 
muddat (3 yil)
Izohlar
Suv iste’moli 
(qishloq xo‘jaligi, 
sanoat va 
kommunal-maishiy 
xo‘jalik)
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
CIRCLE-MINUS
Salbiy
Sanoat va maishiy xizmat 
ko‘rsatish tarmoqlarida suv 
iste’moli ortib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligi, 
sanoat va 
kommunal-maishiy 
xo‘jalikda suvning 
yo‘qotilishi
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
CIRCLE-MINUS
Salbiy
(o‘ta)
Magistral va xo‘jaliklararo 
kanallar, shuningdek, xo‘jalik 
ichidagi tarmoqlarda suvning 
katta miqdorda yo‘qotilishi 
tufayli sug‘orish tizimlarining 
samaradorligi pastligicha 
qolmoqda. Sanoat korxonalari 
har doim ham texnik suvdan 
qayta foydalanishdan 
manfaatdor emas.


34
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Ko‘rsatkich
Uzoq muddat 
(10 yil)
O‘rtacha 
muddat (3 yil)
Izohlar
Suvning ifloslanishi
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
CIRCLE-MINUS
Salbiy
Suvning ifloslanish indeksi 
(SII) ga ko‘ra, ko‘p suv oqimlari 
III-sinfga mansub (o‘rtacha 
ifloslangan). Yirik sanoat 
korxonalari va shahar oqova 
suvlarini tozalash inshootlari 
jamlangan hududlarda suv 
sifatining lokal darajada 
yomonlashishi kuzatiladi.
Muzliklarning 
qisqarish ko‘lami
CIRCLE-MINUS 
Salbiy
CIRCLE-MINUS
Salbiy
Iqlim o‘zgarishi tufayli Markaziy 
Osiyoda muzliklar maydoni 30 
foizga qisqardi va bundan keyin 
ham qisqarishi kutilmoqda.
Aholi jon boshiga 
suv ta’minoti
⚪ 
Stable 
CIRCLE-MINUS
Salbiy
Oxirgi 15 yil ichida aholi jon 
boshiga suv ta’minoti 3,1 m
3
dan 
1,4 m
3
gacha kamaydi.
Qurg‘oqchilikning 
davomiyligi va 
davriyligi
⚪ 
Stable
CIRCLE-MINUS
Salbiy
2000, 2008, 2011, 2014 
va 2018-yillarda kuchli 
qurg‘oqchilikning kuzatilishi.
Suvni tejovchi 
texnologiyalar
CIRCLE-MINUS
Salbiy
CIRCLE-PLUS
Ijobiy
Sug‘oriladigan maydonlarning 
faqat 23 foizidagina suvni 
tejovchi texnologiyalar joriy 
qilingan.
Manba: Mualliflar.
• Suv tanqisligi O‘zbekiston uchun g‘oyatda dolzarb muammo hisoblanadi. O‘zbekiston 
yuqori suv tanqisligini boshdan kechirayotgan mamlakatlar reytingida 164 ta davlat 
orasida 25-o‘rinda turadi (WRI, n.d.). O‘n yil davomida deyarli barcha hududlarda suv 
olish hajmining kamayishi kuzatilmoqda. Bunga asosiy sabab, suv taqchil yillar sonining 
ko‘payishi bilan ifodalanadigan tabiiy va iqlimiy omildir.
• Aholi sonining o‘sishi 2030-yilga kelib sifatli suvga bo‘lgan talabning 2,3 mlrd m
3
dan 
2,7–3,0 mlrd m
3
gacha (18-20% ga) oshishiga olib kelishi kutilmoqda. Bu kommunal 
xizmatlar uchun suvga bo‘lgan talabning yillik o‘sishiga olib keladi (FAO, 2022-y.). So‘nggi 
yillarda sanoat va energetika ham faol rivojlanmoqda, ularning suvga bo‘lgan ehtiyoji yil 
sayin ortib bormoqda.
• Suv resurslarining asosiy iste’molchisi qishloq xo‘jaligi hisoblanib, foydalaniladigan suvning 
o‘rtacha 90 foizi uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Suvni tejaydigan texnologiyalarning yetarli 
darajada joriy etilmasligi suv havzalarida suvning kamayishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda 
suv sarfini kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va suvni 
qayta ishlashni rivojlantirish hamda barqaror suv ta’minotini rivojlantirishga qaratilgan 
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


35
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
• Suv resurslari (yer usti va yer osti) ifloslanishga moyildir. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va 
kommunal korxonalar suvni asosiy ifloslantiruvchilar hisoblanadi.Iqlim o‘zgarishi va 
ekstremal ob-havo hodisalari quruq jazirama davrining ko‘payishiga, yog‘ingarchilik 
kunlarining kamayishiga, tog‘larda qor to‘planishi va muzliklarning keskin qisqarishiga, 
tekisliklar va tog‘ etaklarida bug‘lanishning kuchayishi, qurg‘oqchilik va haddan tashqari 
kam suvli hodisalarning ko‘payishi, shuningdek, toshqinlarning paydo bo‘lishi va sellarning 
ko‘payishiga olib keladigan haddan tashqari kuchli yog‘ingarchilik chastotasining oshishiga 
olib keldi. Toshqinlar va sellar tog‘lar hamda tog‘ etaklarida tuproqning yemirilishiga olib 
keladi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish