Atmosfera havosining holati




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

5.1.3 Atmosfera havosining holati
Monitoring tizimi
Atmosfera havosi holati monitoringi O‘zbekistonning 26 shahrida, 66 statsionar stansiyasida
1 ta fon monitoring stansiyasida (Chotqol biosfera rezervati) va Toshkent shahrida joylashgan 
2 ta avtomatik monitoring stansiyasida amalga oshiriladi. 2023-yil o‘rtalarida PM
2.5
va PM
10
mayda dispers zarrachalarini o‘lchashga qodir bo‘lgan 6 ta yangi havo sifatini monitoring qiluvchi 
avtomatik stansiyalar o‘rnatildi. Bundan tashqari, ayni paytda “Zamin” xalqaro jamoat fondi va 
O‘zgidromet tomonidan yana 8 ta stansiya o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Mamlakatda 
PM
2.5
va PM
10
mayda dispers zarrachalari bo‘yicha milliy standartlar ishlab chiqilmoqda, bu 
hozir foydalanilayotgan havo sifati indekslariga nisbatan sezilarli yaxshilanish/ilg‘ayish bo‘ladi.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari manbalarini monitoringi har oyda 
mamlakatning, asosan I- va II-xavfli toifalarga mansub, 800 tadan ortiq korxonasida amalga 
oshiriladi. Atmosfera ifloslanishini miqdoriy baholash ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasida 
ifodalanadi. Atmosferadagi zaharli moddalar aralashmasi konsentratsiyasi vaqt va hududda 
qattiq o‘zgaradi, va, u nafaqat inson faoliyati davomida tashlanadigan tashlamalarning bevosita 
miqdoriga, balki quruq shamollar va chang bo‘ronlari paytida shahar havosining chang bilan 
ifloslanishiga ham bog‘liq.


29
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Atmosferaning surunkali, uzoq muddatli ifloslanish darajasini baholash uchun atmosfera 
ifloslanishining kompleks indeksidan (bundan keyin – (AII) foydalaniladi. Mavjud baholash 
usullariga muvofiq, ifloslanish darajasi AII qiymatida: past – 0,0 dan 5,0 gacha, oshgan – 5,0 dan 
7,0 gacha va yuqori – 7,0 dan 14,0 gacha va 14,0 ga teng yoki undan yuqori bo‘lgan AII qiymatida – 
juda yuqori deb hisoblanadi. Mamlakatning aksariyat shaharlarida 2018–2022-yillarda atmosfera 
havosining ifloslanish darajasi past deb tavsiflanadi. 2018-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda 
Toshkent viloyati shaharlarida atmosfera havosining ifloslanish indeksi nisbatan past bo‘lgan, 
faqatgina 2019-yilda Olmaliqda AII 5,91 ni tashkil etgan, bu ko‘tarilgan ifloslanish darajasiga mos 
keladi. 2018-yildan 2021-yilgacha Farg‘ona viloyati shaharlarida atmosfera havosining ifloslanish 
indeksida pasayish kuzatilgan, 2019-yilda faqatgina Farg‘ona shahrida AII 5,39, 2020-yilda esa 
5,14 ni tashkil etgan, bu ko‘tarilgan ifloslanish darajasiga mosdir.

Download 2,81 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish