25
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
ichida anchayin barqarorlashdi, 2018-yilda ko‘chma manbalardan ifloslanish avjiga chiqdi,
ammo shu paytdan boshlab bir oz kamaydi.
• O‘zbekistonning noqulay iqlim sharoiti (qurg‘oqchil va qurg‘oqchilikka moyil iqlim)
tufayli havoning ifloslanishi kuchaymoqda. Bundan tashqari, O‘zbekistonning poytaxti
Toshkentda yoz faslida muntazam ravishda havoning
ifloslanishi kuzatiladi, bu, termal
inversiya epizodlari ifloslantiruvchi moddalarni yerga yaqin tutganda sodir bo‘ladi, natijada
havo sifati yomonlashadi
7
.
• Ko‘rib chiqilayotgan davrda (2012–2021-yy.) uglerod oksidi tashlamalari yiliga 90,7 dan
71,0 ming tonnagacha va uglevodorodlar yiliga 260,6 dan 191,8 ming tonnagacha kamaydi.
Shu bilan birga, azot oksidi tashlamalarining yiliga 10,3 dan 21,2 ming tonnagacha
ortayotgani kuzatilmoqda. Qattiq zarrachalar konsentratsiyasi 160,3 dan 188,6 ming
tonnagacha ko‘paymoqda.
• 2018–2022-yillarda atmosfera havosini monitoring qilish tarmog‘ining
statsionar
kuzatuvlari natijalari shuni ko‘rsatdiki, kuzatilgan shaharlarning aksariyatida asosiy
ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi maksimal ruxsat etilgan
konsentratsiyadan (MRK) past bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, asosiy ifloslantiruvchi
moddalarning konsentratsiyasi ba’zi hollarda MRKdan oshib ketmoqda (masalan,
Toshkent va boshqa yirik shaharlarda qattiq muallaq zarrachalar yig‘indisi va azot
dioksidi, shuningdek, sanoat shaharlaridagi o‘ziga xos ifloslantiruvchi moddalar
konsentratsiyalarining ortishi).