27
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Korxonalar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tashlamalar bo‘yicha ustuvor
moddalar belgilanadi: azot oksidi (NO), azot dioksidi (NO
2
), oltingugurt dioksidi (SO
2
), uglerod
oksidi (CO), muallaq
zarrachalar, o‘ziga xos ifloslantiruvchi moddalar – ammiak, fenol, og‘ir
metallar, vodorod sulfidi, uglevodorodlar va h.k.lar. Atrof-muhit va inson salomatligiga eng katta
salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sement sanoati korxonalari tomonidan tashlanadigan tashlamalarni
monitoring qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday korxonalarning asosiy ifloslantiruvchi
moddasi, bu chang, shu jumladan mayda dispersli chang zarrachalaridir. Atmosferani ifloslantiruvchi
manbalarni kuzatish davrida asosiy ifloslantiruvchi moddalar, bu, chang (noorganik), azot oksidi va
oltingugurt dioksidi ekanligi aniqlandi. Ta’kidlash joizki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent,
Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar atmosfera havosini sanoat changlari,
azot oksidi va oltingugurt dioksidi bilan ifloslantirishda asosiy manba hisoblanadi.