Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

ulardan, asosan 
sug‘orish uchun foydalaniladi
. O‘zbekistondagi eng yirik suv omborlari kompleks tarzda, 
asosan irrigatsiya, energetika va sanoat uchun ishlatiladi. So‘nggi o‘n yil davomida iqlim o‘zgarishi 
sababli, suv olish hajmining pasayishi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, keyingi yillarda suvdan 
foydalanish tizimi va madaniyati yaxshilandi, bu esa, suv resurslaridan oqilona foydalanish 
hamda sug‘oriladigan dalalardan drenaj tizimlariga oqovalarni oqizishni minimallashtiradi. Bu, 
hatto kam suvli yillarda ham suv tanqisligini yengib o‘tishga yordam beradi. Bundan tashqari, 
qishloq xo‘jaligida ekinlarning qurg‘oqchilikka chidamli va erta navlaridan tobora ko‘proq 
foydalanilmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, eng katta 
yer maydonlari
(taxminan 60%) qishloq xo‘jaligi yerlari 
toifasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi yerlari, boshqa toifadagi yerlardan farqli o‘laroq, oziq-ovqat, 
chorva ozuqasi hamda sanoatning turli sohalari uchun xom ashyo ishlab chiqarishning asosiy 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Aholining o‘sishi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash zarurligini 
hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarining maydoni 2012 yilga nisbatan oshdi. Shu bilan 
birga, yuqoridagi davrga nisbatan o‘rmon fondi maydonlari, shuningdek, tabiatni muhofaza 
qilish uchun mo‘ljallangan yerlar ham ko‘paydi. Umuman olganda, O‘zbekistonda sug‘oriladigan 
yer maydonlarining qisqarishi kuzatilmoqda, bu suv resurslarining yetishmasligi va yerlarning 
ekologik va meliorativ holatining
yomonlashuvi bilan bog‘liq.
Ma’ruzaning keyingi boblarida atrof-muhit holati, shu jumladan havo, suv, tuproq, yer, biologik 
xilma-xillik va boshqa unsurlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi.
4.5 Javob choralari
O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishning tabiiy resurslarga demografik va boshqa salbiy ta’sirini 
bartaraf etishga harakat qilmoqda. Ushbu bo‘limda qishloq xo‘jaligi, energetika va sanoat kabi 
iqtisodiyotning turli sohalariga qaratilgan chora-tadbirlar haqida umumiy ma’lumot berilgan.


22
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga 
mo‘ljallangan strategiyasi tasdiqlandi. Unda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, 
agrosanoat majmuasini rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit 
muhofazasini ta’minlash asosida boshqaruvning strategik ustuvor yo‘nalishlari qamrab olingan 
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.10.2019-yildagi PF–5853-son). 
Mamlakatda suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, ekinlarini yetishtirishda suvni 
tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, 
shuningdek, qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasiga 
muvofiq sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.06.2019-yildagi 
PF–5742-son). Suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan maydon, sug‘oriladigan 
maydonlarning taxminan 25 foizini tashkil etadi.
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida (O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF–60-son) suv resurslarini boshqarish 
tizimini tubdan isloh qilish va suvni tejash, suv resurslaridan samarali foydalanish, suv xo‘jaligi 
obyektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishga 
qaratilgan ustuvor vazifalar belgilangan (31-maqsad).
O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 
2021–2023-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 
24.02.2021-yildagi PQ–5005-son) hamda 2022–2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining 
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarida (O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori, 22.01.2022-yildagi PQ–98-son) irrigatsiya va meliorativ 
loyihalarning samaradorligi va natijadorligini tahlil qilishga ham e’tibor qaratilgan bo‘lib, 
irrigatsiya va meliorativ obyektlarni suv va elektr energiyasi sarfini o‘lchash va nazorat qilishning 
avtomatlashtirilgan uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha rasmiy takliflar qayd etilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida 
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.07.2020-yildagi PF–6024-son) 
belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish va asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni 
ta’minlash maqsadida Yo‘l xaritasi qabul qilindi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan 
texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda 
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 01.03.2022-yildagi PQ–144-son). Mazkur 
qarorda suvni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib 
sug‘orish va boshqalarni qo‘llash orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha 
ustuvor yo‘nalishlar ko‘rsatilgan, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi ham belgilangan.
So‘nggi yillarda mamlakatda 

Download 2,81 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish