21
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
O‘zbekistonda asosiy qishloq xo‘jaligi
ekini paxta hisoblanib, u eksportning 0,02 foiziga tengdir
(2022-y.). Yillik paxta ishlab chiqarishdan qariyb 1 mln. tonnaga yaqin tola olinadi, bu
jahon
paxta ishlab chiqarishining 4-5 foizi deganidir. Bundan tashqari, O‘zbekiston jahon bozoriga
700−800 ming tonna paxta eksport qiladi (2022-y.), bu jahon eksportining 10 foizini tashkil
etadi. O‘zbekiston Respublikasi paxta yetishtirish bo‘yicha
dunyoda oltinchi, eksport bo‘yicha
esa ikkinchi o‘rinda turadi.
Amaldagi suv resurslarining qariyb 90 foizini olib qo‘yadigan sug‘oriladigan dehqonchilik suvning
asosiy iste’molchisi
hisoblanadi, 2013–2022 yillarda yillik o‘rtacha ko‘rsatkich 46,66 km
3
tashkil
etgan. Bundan tashqari, yer resurslari doimiy ravishda suv va shamol eroziyasiga uchraydi.
4.4 Holat va ta’sir
Energiya quvvatlari, sanoatdagi ishlab chiqarish va kommunal xizmatlarining
jadal rivojlanishi
tufayli
atmosfera havosining ifloslanish
xavfi yildan-yilga ortib bormoqda. Atmosferaning
ifloslanishi avtotransport vositalaridan ajralib chiqadigan zararli moddalarning
doimiy ravishda
ko‘payib borayotgan sababli ortmoqda (yirik shaharlarda atmosferaga tashlamalarning taxminan
80 foizi harakatlanuvchi manbalarga to‘g‘ri keladi).
Hozirgi kunda respublikada 70 ga yaqin suv omborlari faoliyat ko‘rsatadi,