23
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
chiqarayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalariga ustuvor ahamiyat berilgan, zero hozirgi
vaqtda, asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta tiklanuvchi
energiya manbalari
hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining atigi 10-14
foizi to‘g‘ri kelmoqda. Nihoyatda katta salohiyat mavjud bo‘lishiga qaramay, quyosh va shamol
singari qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanilmayapti. Shu
nuqtayi
nazardan, qo‘shimcha qarorlar bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
sohasidagi
imtiyoz va preferensiyalar, jumladan, quyosh panellarini o‘rnatish uchun alohida soliq
imtiyozlari va kreditlar ajratish nazarda tutilgan.
Ma’ruzaning
keyingi boblarida havo, suv, tuproq, yer, biologik xilma-xillik va atrof-muhitning
boshqa unsurlari bilan bog‘liq bo‘lgan aniq ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan javob
choralariga qo‘shimcha misollar keltirib o‘tilgan.