|
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
10-jadvalBog'liq uzbekistan-state-of-the-environment-uz20
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
10-jadval.
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat turlari bo‘yicha sof elektr energiyasi
iste’moli, mlrd kVt/soat, shu jumladan, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va
taqsimlash xarajatlari (2016–2021-yy.)
Yillar
2016
2017
2018
2019
2020
2021
Jami (yalpi iste’mol)
57,6
60,2
62,5
64,8
69,0
74,9
Faoliyat turi bo‘yicha:
Sanoat
21,0
22,3
15,0
17,0
18,3
18,7
Qurilish
0,4
0,3
0,4
0,4
1,4
1,6
Qishloq xo‘jaligi
9,5
9,7
18,1
15,1
9,2
9,6
Transport
1,2
1,2
1,4
2,1
1,01
1,1
Tijorat korxonalari va
davlat idoralari
5,2
4,0
4,9
4,9
5,2
7,5
Aholi
11,2
12,8
13,6
13,5
15,5
15,5
Manba: Energetika vazirligi (2022-y.)
Elektr energiyasining eng katta iste’moli sanoat va turar-joy sektorlariga to‘g‘ri keladi. Muqobil
energiya manbalaridan, birinchi navbatda, quyosh energiyasidan foydalanishni kengaytirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida qayta tiklanadigan manbalardan elektr
energiyasini ishlab chiqarish hajmi ortmoqda.
Biroq, ta’kidlash joizki, energetikaning rivojlanishi atrof-muhit va uning o‘ziga xos ekotizimlariga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, mamlakatda elektr energiyasining taxminan 90
foizi yoqilg‘ini yoqish hisobiga olinadi. Ushbu usul yetarli darajada tozalanmagan tashlamalarning
atmosferaga tashlanishi, yoqilg‘ini yoqishdan paydo bo‘ladigan ifloslantiruvchi moddalar, oqova
suvlarining suv havzalariga oqizilishi, kul va shlak chiqindilarining katta maydonlarga joylashtirilishi
va ulardan tarqaladigan chang natijasida atrof-muhitga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning
muhim manbai hisoblanadi. Issiqlik elektr stansiyalari issiqxona effektining paydo bo‘lishiga
hissa qo‘shadigan omillardan biri sanaladi. O‘z navbatida, gidroenergetikaning rivojlanishi
suv omborlari uchun ajratiladigan maydonlarga bog‘liq. Mazkur suv omborlarining qurilishi
daryolarning gidrologik rejimini buzadi, shuningdek, ushbu muhitga xos bo‘lgan ekotizimlarni
xarob holga keltiradi va tur tarkibiga zarar yetkazadi.
|
| |