|
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekistonBog'liq uzbekistan-state-of-the-environment-uz5-jadval.
O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan jami
daromadlar dinamikasi va o‘sish sur’atlari (2018–2022-yy.)
Yillar
2018
2019
2020
2021
2022
Aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan jami daromadlar
(ming so‘m)
9 128,6
10 891,3
12 122,2
14 869,8
17 807,3
Daromadlarning o‘sish
sur’atlari (%)
106,2
104,2
98,6
110,7
107,5
Manba: Statistika agentligi (2023-y.)
4.2 Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlar
Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlar, asosan tabiiy resurslarning mavjud salohiyatini
hisobga olmagan holda sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilishning rivojlantirishi bilan bog‘liq bo‘lib,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, ilmiy ishlanmalarning past darajasi hamda ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish bilan
chambarchas bog‘liqdir.
Aholi sonining o‘sishi va uning shaharlardagi konsentratsiyasi
atrof-muhit va tabiiy
resurslarga katta talablarni qo‘yadi. Bunda shahar aholisining ulushi 50,9 foiz, qishloq – 49,1
foizni tashkil etdi (2022-y.). So‘nggi besh yildagi doimiy aholi sonining dinamikasi va o‘sish
sur’atlari 6-jadvalda keltirib o‘tilgan. 2023-yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat aholisining
zichligi har kvadrat kilometrga 80,2 kishini tashkil etdi. Bu 2021-yilning shu davriga nisbatan
1,6 kishiga ko‘p degani (2022-yilda har kvadrat kilometrga 78,6 kishi to‘g‘ri kelgan). Har kvadrat
kilometrga eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati – 9,5 va Qoraqalpog‘iston Respublikasida –11,9
kishi qayd etilgan.
6-jadval.
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining dinamikasi va o‘sish
sur’atlari (yil boshiga, 2019–2023-yy.)
Yillar
|
| |