16
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
suvga bo‘lgan ehtiyojning oshishi kutilmoqda, bu esa kommunal
sohada yildan-yilga suvga
bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda suv
tanqisligini yanada kuchaytiradi va 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018-yillarda bo‘lgani
kabi qurg‘oqchilikning davomiyligi va tez-tez kuzatilishini oshirishi mumkin, bu esa
iqtisodiyotning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.
• Va nihoyat, qishloq xo‘jaligi va energetika bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan paxtani qayta
ishlovchi, to‘qimachilik, yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyo kabi ko‘plab sanoat tarmoqlari
katta rivojlanish istiqbollariga ega. Suv sarfi hajmini kamaytirish, qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan foydalanish va ikkilamchi qayta ishlash, shuningdek, shahar va
qishloq aholisi uchun barqaror yechimlarni ilgari surishga qaratilgan texnologiyalarni joriy
etish borasida sa’y-harakatlar olib borilmoqda.