YeIK, Yevropa Ittifoqi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

3.4 YeIK, Yevropa Ittifoqi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq 
xo‘jaligi tashkiloti va boshqa davlat idoralari bilan hamkorlik
O‘zbekiston BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining Ekologik siyosat bo‘yicha Qo‘mitasi bilan 
atmosfera havosining sifatini yaxshilash, ekologik siyosat va boshqaruv, ekologik ta’lim sohasida 
keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, BMT YeIK ekspertlari hamda milliy ekspertlar 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ekologik faoliyati samaradorligining uchinchi sharhi 
ishlab chiqildi.
«Atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va suv resurslari» (WECOOP) loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqi 
bilan ham faol hamkorlik rivoj topmoqda. Yevropa tomoni bilan erishilgan kelishuvlarga asosan, 
WECOOP doirasidagi hamkorlik Yevropa havo sifati standartlari va boshqa tegishli bazaviy 
talablarni tatbiq etish, havo sifatini tahlil qilish, shu jumladan, havo sifatini boshqarish tizimlarini 
xalqaro, xususan Yevropa yondashuvlariga muvofiq amalga oshirishga qaratilgan. 2019-yilning 
yanvar oyida Toshkentda YeI–Markaziy Osiyo atrof-muhit va suv resurslari sohasida hamkorlik 
bo‘yicha yuqori darajadagi 6-konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlik ekologik bilimlar darajasini oshirish, 
shuningdek, «Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati»ni YuNESKOning «Inson va biosfera» 
dasturiga «Amudaryoning quyi oqimida yerdan foydalanish va ekotizimlarni saqlash bo‘yicha 
ekotizim yondashuvi» qo‘shma loyihasi doirasida kiritishni moddiy-texnik qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida amalga oshirilib, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati 2021-yilda YuNESKOning 
«Inson va biosfera» dasturiga kiritildi. GIZning «Yashil Markaziy Osiyo» tashabbusi doirasida 
antropogen omillarning tabiatga ta’sirini kamaytiradigan ekologik innovatsiya va texnologiyalarni 
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, GIZning «Markaziy Osiyoda yer 
resurslarini kompleks boshqarish» va «Orolbo‘yi mintaqasini ekologik yo‘naltirilgan mintaqaviy 
rivojlantirish» loyihalari amalga oshirilmoqda.
YeI va boshqa davlatlar bilan hamkorlik borasida misollarga, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish 
agentligi (TIKA) bilan «To‘qay o‘rmonlarini tiklash va o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnik 


12
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
bazasini mustahkamlash», KEITI bilan «Jizzax viloyatida qattiq maishiy chiqindilar (QMCh) 
poligonlarini qurish» kabi qo‘shma loyihalarni keltirib o‘tish mumkin. Shu bilan birgalikda
Finlyandiya tashqi ishlar vazirligi va Finlyandiya meteorologiya instituti bilan institutsional 
hamkorlikda atrof-muhit monitoringi, gidrometeorologiya xizmatlarini rivojlantirish, iqlim 
barqarorligi bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
to‘g‘risidagi Konvensiya hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning transchegaraviy 
oqibatlari to‘g‘risidagi Konvensiyalar doirasida amalga oshirilayotgan «Favqulodda vaziyatlarda 
Sirdaryo daryosi ifloslanishining oldini olish va ularga javob qaytarish bo‘yicha qo‘shma chora-
tadbirlarni ishlab chiqish» loyihasi (I-faza), shuningdek, Yevropa Ittifoqi suv tashabbusi (2021-
yil iyun – 2023-yil fevral), suv resurslarini kompleks boshqarish bo‘yicha olib borilgan milliy 
siyosiy muloqotlar, xususan, Sirdaryo havzasining bir qator hududlarida xavf, ayniqsa yuqori 
ekanligini ko‘rsatdi.
Shuningdek, FAOning oziq-ovqat tizimini o‘zgartirish muammolari, shu jumladan uning 
ijtimoiy va ekologik muammolarini hal qilish borasidagi qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlash o‘ta 
muhimdir. FAO qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirishning keng ko‘lamdagi 
masalalari bo‘yicha texnik ekspertiza va bilim almashishni ta’minlaydi. Xususun, bularga yerdan 
barqaror foydalanish va uning tartibi, suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini 
diversifikatsiya qilish, chorvachilik hamda iqlimga moslashtirilgan qishloq xo‘jaligi usullarini joriy 
etish kiradi. O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishiga nisbatan zaifligini hisobga olib, FAO mamlakatning 
iqlimga chidamli qishloq xo‘jaligi usullarini rivojlantirishida yordam bermoqda. Bu, o‘z ichiga 
qurg‘oqchilikka chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlarini taklif qilish, samarali sug‘orish usullari va 
bir vaqtning o‘zida atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish bilan birga hosildorlikni oshirish uchun 
iqlimiy optimallashtirilgan qishloq xo‘jaligi usullarini oladi. FAO O‘zbekiston bilan ekologik 
muammolarni, jumladan cho‘llanish, o‘rmonlarning kesilishi va suv tanqisligini hal etishda 
hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, u mintaqadagi davlatlar o‘rtasida innovatsion qishloq xo‘jaligi 
usullarini joriy etish, texnologiyalar va tadqiqot natijalari almashinuviga ham yordam beradi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 YeIK, Yevropa Ittifoqi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish