11
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
2022-yilda Toshkentda Global yashil o‘sish institutining (GGGI)
Markaziy Osiyoda yagona
bo‘lgan vakolatxonasi ochildi. Shuningdek, O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi
(XTMI) va Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari institutining (KEITI) vakolatxonalarini
ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 2021-yilning oktyabr oyida O‘zbekistonning XTMIga
a’zolik maqomini tan olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Shunday qilib,
O‘zbekiston XTMIning 92, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa birinchi a’zosi bo‘ldi.
XTMI bilan hamkorlikda «Markaziy Osiyoda tabiatni muhofaza qilish tizimlarini
birlashtirish
hisobiga zoonoz kasalliklarning paydo bo‘lishiga landshaftning chidamliligini oshirish» loyihasi
amalga oshirilmoqda.
2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi BMTning bioxilma-xillik va ekotizim xizmatlari bo‘yicha
hukumatlararo ilmiy-siyosiy platformasi (IPBES) a’zosi bo‘ldi va turli
ekologik sohalarda
hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Axborot almashish va salohiyatni oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni
birlashtirish maqsadida IPBES bilan bog‘liq Umumevropa va Markaziy Osiyo milliy platformalari
tarmog‘i tashkil etildi. 2020-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Markaziy
Osiyo va MDH mamlakatlari
ichida Umumevropa va Markaziy Osiyo tarmog‘ining birinchi a’zosi bo‘ldi.