Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 1-rasm




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

4
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
1-rasm. 
HBHTJ tizimi va uning elementlari haqida umumiy ma’lumot
Manba: YuNEP va IISD (n.d.).
KISHILIK JAMIYATI
1-QADAM 
Atrof-muhit bilan nimalar sodir 
bo'lmoqda va nima uchun?
D (Drivers) – 
Harakatlantiruvchi kuchlar
• Iste’mol va ishlab chiqarish 
tarkibi
• Aholining demografik 
xususiyatlari
• Ilmiy-texnologik 
innovatsiyalar
• Iqtisodiyot, bozor va 
savdoga bo‘lgan talab
• Institutsional va 
ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar
• Taqsimlash sxemalari
3-QADAM 
Qanday choralar ko'rilmoqda 
va ular qanchalik samarali?
R (Responses) – Javob 
choralari (aralashuv)
1-QADAM 
Atrof-muhit bilan nimalar sodir 
bo'lmoqda va nima uchun?
S (State) – Holat
(atrof-muhit holatining 
o‘zgarishi)
Atmosfera, tuproq va suvning 
holati hamda boshqa 
tendensiyalar, jumladan:
• Iqlim o‘zgarishi (to‘g‘ridan 
to‘g‘ri manba deb ham 
ataladi)
• Cho‘llanish va tuproqlar 
degradatsiyasi
• Bioxilma-xillikning qisqarishi
• Havo, tuproq va suv 
ifloslanishi va holatining 
yomonlashuvi
2-QADAM
Atrof-muhit va jamiyat 
uchun oqibatlari 
qanday?
I (Impacts) – Ta’sir
• Inson farovonligi 
(xalqaro maqsad va 
vazifalar)
• Moddiy ehtiyojlar
• Salomatlik
• Xavfsizlik
• Tanlash erkinligi
• O‘zgarishlarga nisbatan 
himoyalanmaganlik
Iqtisodiy-ijtimoiy:
• Maqsadlar
• Xizmatlar
• Stress
Tabiat muhofazasi:
• Xizmatlar ko‘rsatish 
(tovarlar)
• Xizmatlarni tartibga 
solish
• Madaniyat sohasidagi 
xizmatlar
• Qo‘shimcha xizmatlar
• Stress (mas., kasallik 
va xavfli omillar)
1-QADAM 
Atrof-muhit bilan 
nimalar sodir bo'lmoqda 
va nima uchun?
P (Pressures) – 
Bosimlar
Tarmoqlar:
• Qishloq xo‘jaligi, baliq 
sanoati va o‘rmon 
xo‘jaligi
• Transport va turar-joy
• Moliya va savdo
• Energetika va sanoat
• Xavfsizlik va mudofaa
• Fan va ta’lim
• Madaniyat
Inson omili:
• Tashlamalar 
(ifloslantirish)
• Yerdan foydalanish
• Konchilik
• O‘zgaruvchan va 
ko‘chib yuruvchi 
organizmlar
Tabiiy jarayonlar:
• Quyosh radiatsiyasi
• Vulqon otilishi
• Zilzila
ATROF-MUHIT
Atrof-muhitga rasmiy va 
norasmiy moslashish va D, P, I 
bokslarida hamda ular orasida 
inson xatti-harakatlarini 
o‘zgartirish orqali ta’sirni 
kamaytirish, masalan, fan va 
texnologiya usullari, siyosat, 
qonunlar va muassasalar va 
moslashish imkoniyatlarini 
oshirish.


5
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
HBHTJ tuzilmasi elementlarini quyidagicha tavsiflash mumkin (1-rasmga qarang):
• Harakatlantiruvchi kuch (H) – ham aholi ehtiyojlarini, ham sanoat ehtiyojlarini qamrab 
oladigan rivojlanishning umumiy harakatlantiruvchi kuchlarini tavsiflaydi. Potensial 
harakatlantiruvchi kuchlar, masalan, aholi soni, iste’mol va ishlab chiqarish shakllarining 
o‘zgarishi, shuningdek, chiqindilarning ishlab chiqilishi va ularni qayta ishlash bo‘lishi 
mumkin.
• Bosim (B) – atrof-muhitga bosimni keltirib chiqaradigan aholi va sanoat rivojlanishining 
harakatlantiruvchi kuchlarining oqibatlarini tavsiflaydi, masalan, tabiiy resurslardan 
ekstensiv (sifatga e’tibor bermay) foydalanish, yerdan foydalanish va tuproq qatlamining 
o‘zgarishi, suvdan foydalanish, ifloslanish va tashlamalarni o‘z ichiga oladi.
• Holat (H) – bosim havo, suv va tuproqning sifati, ekotizim xususiyatlarining o‘zgarishi kabi 
atrof-muhit tarkibiy qismlarining holatidagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
• Ta’sir (T) – atrof-muhitning tarkibiy qismlari holatidagi o‘zgarishlar ularning mamlakat 
rivojlanishi, shu jumladan, farovonlikni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ta’sir qiladi. Bu, 
shuningdek, atrof-muhit holatidagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga keladigan qaltisliklar va 
xavflarni aniqlash uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
• Javob choralari (J) – ko‘pincha siyosiy choralar shaklida jamiyatning javob harakatlarini 
umumlashtiradi, lekin fuqarolar, manfaatdor tomonlar va sanoat tashkilotlarining siyosiy 
harakatlarni qo‘llab-quvvatlash/to‘ldirish bo‘yicha sa’y-harakatlariga ham tegishli bo‘lishi 
mumkin.
HBHTJ tizimini qo‘llash asosida Milliy ma’ruzani tayyorlash jamoasi manfaatdor tomonlar 
ishtirokida tabiiy muhitga aniq harakatlantiruvchi kuchlarni/ta’sirlarni va ekologik vaziyatni 
yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan choralarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Atrof-muhitning tarkibiy 
qismlariga atmosfera havosi, suv, yer resurslari, bioxilma-xillik, va, umuman ekotizimlar kiradi.
HBHTJ tizimi nafaqat mamlakatning rivojlanishi, holati va atrof-muhitga ta’siri va javob choralari 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tushunchasini, balki ma’ruza uchun ko‘rsatkichlarni aniqlash 
imkoniyatlarini ham taqdim etadi. Masalan, agar mamlakat aholisi, iqtisodiyoti va daromadlarining 
o‘sishi harakatlantiruvchi kuch sifatida aniqlansa, unda potensial ko‘rsatkichlar aholining 
umumiy soni, qishloq va shahar aholisi soni va daromadlarning o‘zgarishini o‘z ichiga olishi 
mumkin. HBHTJ tizimi kontekstida ko‘rsatkichlarning potensial misollari uchun biz miqdoriy 
ko‘rsatkichlarni afzal ko‘rdik, lekin ba’zida miqdoriy ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lmaydi, ana 
shunda tendensiyalarning sifat tavsifini hisobga olish kerak (1-jadval). Ma’ruza ko‘rsatkichlar va 
ma’lumotlardagi bo‘shliqlarni aniqlash imkoniyatini beradi va mamlakatning monitoring bo‘yicha 
sa’y-harakatlarini takomillashtirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Download 2,81 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston 1-rasm

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish