• YaIF Yashil iqlim fondi YeAMA Yevropa atrof-muhit agentligi YeOII Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi YEOTB
  • MDATH Milliy darajada belgilangan taxmin qilingan hissa Milliy ma’ruza Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza MOMEM
  • ODHHD Orol dengizi havzasi bo‘yicha harakat dasturi OQXJ




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    ODHHD
    Orol dengizi havzasi bo‘yicha harakat dasturi
    OQXJ
    Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi


    xvi
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    OTB
    Osiyo taraqqiyot banki
    SHBvaKO‘I
    Salomatlik holatini baholash va ko‘rsatkichlarini o‘lchash instituti
    SII
    Suvning ifloslanish indeksi
    Statistika agentligi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi
    TMQKK
    Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘p tomonlama kelishuv
    VIGA
    Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans
    WRI 
    Jahon resurslari instituti
    WWF
    Butunjahon yovvoyi tabiat fondi
    XTMI
    Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi
    YaIF 
    Yashil iqlim fondi
    YeAMA 
    Yevropa atrof-muhit agentligi
    YeOII
    Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi
    YEOTB
    Yevroosiyo taraqqiyot banki
    YETTB
    Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
    YuNEP
    BMTning Atrof-muhit dasturi
    KEHF
    Kritik ekotizimlar bo‘yicha hamkorlik fondi
    KShT 
    Kengaytirilgan shaffoflik tizimi
    MDATH
    Milliy darajada belgilangan taxmin qilingan hissa
    Milliy ma’ruza
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza 
    MOMEM 
    Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi
    MOMYRBT
    Markaziy Osiyo mamlakatlarining yer resurslarini boshqarish 
    bo‘yicha tashabbusi


    1
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    1.0 Kirish 
    Sog‘lom muhit va uni barqaror boshqarish inson farovonligi va O‘zbekistonning o‘sib borayotgan 
    iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun g‘oyatda muhim ahamiyatga ega. Atrof-muhit holati 
    to‘g‘risidagi Milliy ma’ruza, bu O‘zbekiston fuqarolari, ekspertlari va siyosatchilariga mamlakatning 
    ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida mavjud ekologik tendensiyalar to‘g‘risida tasavvurga ega 
    bo‘lishga yordam beradigan kompleks hujjatdir. Ushbu ma’ruza ekologik muammolarni hal etish 
    bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashga mo‘ljallangan tegishli siyosiy ustuvor masalalar, strategiyalar 
    va boshqa hujjatlar haqidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, 
    ma’ruzada atrof-muhit sharoiti va inson salomatligi hamda farovonligi bilan bog‘liq o‘zaro aloqalar 
    hamda muammolarni hal etishga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), Tabiatni 
    muhofaza qilish bo‘yicha ko‘p tomonlama kelishuvlar (TMQKK) va boshqa xalqaro hujjatlarda 
    bayon qilingan xalqaro majburiyatlar keltirib o‘tilgan.
    Atrof-muhitning holati va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risida yillik milliy ma’ruzalarni 
    muntazam ravishda tayyorlash va chop etish vazifasi belgilandi. Mazkur ma’ruza 2030 yilgacha 
    bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini amalga 
    oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi 
    islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga 
    muvofiq tayyorlandi. O‘zbekistonning Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruzasining so‘nggi 
    nashri 2013-yilda chop etilgan bo‘lib, u o‘z ichiga 2008–2011-yillarga mo‘ljallangan davrni qamrab 
    olgan edi. Ta’kidlash joizki, 2020-yilning oktyabr oyida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi 
    tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ekologik faoliyat samaradorligining 3-sharhi e’lon qilindi. 
    Milliy ma’ruzaning yangi nashri atrof-muhit holati bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar va uning 
    ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, u, shuningdek aholining mamlakatdagi atrof-muhit holati 
    to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan. Umid qilamizki, atrof-muhit to‘g‘risida ma’lumotlar 
    ochiqligini ta’minlagan holda, Milliy ma’ruza tabiatdan foydalanish sohasida asosli qarorlarni 
    qabul qilishga, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda jamoatchilikning 
    yanada faol ishtirok etishiga yordam beradi va kelajakda atrof-muhit holati to‘g‘risida muntazam 
    ravishda hisobot berib borish amaliyotini o‘rnatadi.
    Strategiya va chora-tadbirlarni taklif etish jarayonida qo‘shimcha siyosatni amalga oshirish 
    va rioyasini ta’minlash uchun institutsional tuzilma va imkoniyatlar, shu jumladan moliyaviy 
    resurslarni ham hisobga olish muhim sanaladi. Shuning uchun taklif etilayotgan javob choralari 
    institutsional konfiguratsiyani o‘zgartirish va turli idora hamda manfaatdor tomonlarning 
    harakatlarini muvofiqlashtirishni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Milliy ma’ruza 
    «Harakatlantiruvchi kuchlar – Bosim – Holat – Ta’sir – Javob choralari» (HBHTJ) kompleks 
    tizimidan foydalangan va keng doiradagi mutaxassislarni jalb qilgan holda siyosat va institutsional 
    tuzilmalar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash imkoniyatlarini taklif qilishi mumkin.
    Milliy ma’ruza turli vazirliklar, jumladan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim 
    o‘zgarishi vazirligi (Ekologiya vazirligi) va uning tarkibiy bo‘linmalari – O‘zgidromet agentligi, 
    O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy 
    nazorat markazi, shuningdek, Sog‘liqni saqlash va Suv xo‘jaligi vazirliklari ekspertlarining 
    birgalikdagi faol mehnati natijasidir. Ma’ruza ularning bilim va o‘rganish borasidagi ilg‘or 
    tajribasiga asoslangan. Birgalikda tayyorlangan ushbu ma’ruzada O‘zbekistondagi atrof-muhit 


    2
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    holatining o‘zgarishi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishga imkon beradigan asosiy tendensiyalar 
    va ko‘rsatkichlar jamlangan. Shuningdek, ekspertlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan eng 
    dolzarb chora-tadbirlar haqida umumlashtirilgan ma’lumotni berishga harakat qilganlar.
    Va nihoyat, biz, ushbu ma’ruza bilan chuqur tanishish – salohiyat va imkoniyatlarni kengaytirish, 
    axborot ko‘magini yaratish, talabalar, ekspertlar va boshqa manfaatdor tomonlarning qiziqishini 
    uyg‘otish uchun asos bo‘ladi, degan umiddamiz.



    Download 2,81 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ODHHD Orol dengizi havzasi bo‘yicha harakat dasturi OQXJ

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish