|
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
2.0 Bizning yondashuvBog'liq uzbekistan-state-of-the-environment-uz3
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
2.0 Bizning yondashuv
Ushbu ma’ruza O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida atrof-muhitning holati,
shuningdek, asosan milliy va jahon miqyosida amalga oshirilayotgan strategiya va chora-tadbirlar
haqida umumiy ma’lumot beruvchi kompleks hujjatdir. Hujjat o‘z ichiga O‘zbekistondagi atrof-
muhit holatining qisqacha tavsifi, shuningdek, qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda kelgusidagi
harakatlarni belgilovchi asosiy harakatlantiruvchi kuchlar va vazifalarni aniqlash uchun zarur
bo‘lgan kontekstni olgan.
Atrof-muhit holatini tahlil qilish va baholash sohasidagi faoliyatning asosiy ahamiyati havo, suv,
yer va bioxilma-xillik kabi atrof-muhitning alohida tarkibiy qismlarining holati va rivojlanishini,
shuningdek, ularning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini kuzatishdan iborat. Ushbu ma’ruzani ishlab
chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, bu atrof-muhit holati to‘g‘risidagi yuqori sifatli va dolzarb
ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar, ularning izohi, shuningdek, turli xil fikrlar, shu jumladan strategiya
va chora-tadbirlar shakli ostida birlashtirishdir.
Atrof-muhit holati tendensiyalari to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar qarorlarni qabul qilish
uchun asos bo‘lib xizmat qilishi va fuqarolarning tabiiy resurslarni boshqarish va atrof-muhitni
muhofazasiga jalb etishni faollashtirish maqsadida ma’ruzada keltirilgan yondashuv atrof-muhit
holatiga ta’sir qiluvchi harakatlantiruvchi kuchlar va bosimlarni keltirib chiqaradigan harakatlar
hamda ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan tegishli javob choralari o‘rtasida aloqa
o‘rnatishga yo‘naltirilgan.
Atrof-muhit holati, harakatlantiruvchi kuchlar va yuklamalar hamda javob choralari o‘rtasidagi
bunday aloqalarni aniqlash uchun biz o‘z yondashuvimizda «Harakatlantiruvchi kuchlar –
Bosim – Holat – Ta’sir – Javob choralari» (HBHTJ) modelidan foydalanamiz.
HBHTJ tahliliy tizimi Yevropa atrof-muhit agentligi (YeAMA) tomonidan ishlab chiqilgan va
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan tasdiqlangan (YeAMA, 1998).
Ushbu tizim u yoki bu davlatning rivojlanishi va siyosatida atrof-muhit holatini tavsiflashda standart
yondashuvga aylandi (1-rasm). Konsepsiya ko‘plab global, milliy va submilliy ma’ruzalarda, shu
jumladan, Global ekologik istiqbol (GEI), BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturlari (YUNEP)
va atrof-muhit holati bo‘yicha milliy hamda mintaqaviy/submilliy ma’ruzalarda qo‘llaniladi
3
.
Konsepsiya rivojlanishning beshta eng muhim elementini o‘zaro bog‘liq tuzilmaga birlashtiradi,
bu esa, atrof-muhit holatining buzilishi sabablarini (shuningdek, uning yaxshilanishi), sabablar
va oqibatlar zanjiriga birlashtirishga imkon beradi. HBHTJ tizimi inson faoliyati va atrof-muhit
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni tavsiflash uchun mos modelni taqdim etadi.
3
Avstraliya: Australia state of the environment 2021 (
dcceew.gov.au
); Shimoli-G‘arbiy hududlar, Kanada; NWT
State of the Environment Report | Environment and Natural Resources (
gov.nt.ca
);
Turkiya:
webdosya.csb.gov.tr/db/ced/icerikler/tc-dr_2020_-ng-l-zce-20210430143751.pdf
; Chexiya Respublikasi:
Bosh sahifa - Ministerstvo životního prostředí (
mzp.cz
)
|
| |