Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

3.5 Mintaqaviy hamkorlik
BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy Konvensiyasi tomonlarining 26-konferensiyasi (COP-
26) doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari birlashib, iqlim kun tartibi bo‘yicha 
mintaqaning yagona pozitsiyasini bildirgan holda yagona mintaqaviy bayonot berdi. Cho‘lpon-
ota shahrida bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvida «Markaziy 
Osiyo uchun «Yashil» kun tartibi» mintaqaviy dasturining qabul qilinishi mintaqaviy darajadagi 
muhim voqealardan biri bo‘ldi. Ushbu hujjatga muvofiq, mintaqa davlatlari zamonaviy energiya 
va resurslarni tejaydigan texnologiyalar hamda issiqxona gazlari tashlamalari kam bo‘lgan 
texnologiyalardan foydalanish va joriy etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli ikki tomonlama va mintaqaviy 
hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar. Hujjatda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va 
unga moslashish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy 
hamda texnogen favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, ularning yuzaga kelish 
xavfini kamaytirish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Ekomonitoring, bioxilma-xillik va iqlim o‘zgarishi sohasida ham YuNEP bilan hamkorlikda bir qator 
mintaqaviy loyihalar amalga oshirilmoqda, xususan «Markaziy Osiyoda atrof-muhit monitoringi 


13
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
uchun ma’lumotlar va axborotdan foydalanishni yaxshilash maqsadida salohiyatni rivojlantirish 
hamda texnologiyalar almashish» (O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston), «2020-yildan keyingi 
davrda (Umumevropa mintaqasi) Markaziy Osiyoda bioxilma-xillik bo‘yicha global doiraviy 
dasturi jarayonini amalga oshirish va sharhini qo‘llab-quvvatlash» (O‘zbekiston, Ukraina va 
Moldova), «Markaziy Osiyoda yovvoyi tabiat obyektlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash» 
(O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston), «Xavfsizlikka bo‘layotgan iqlim o‘zgarishi 
bilan bog‘liq xatarlarga javob choralarini kuchaytirish» (O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va 
Qozog‘iston), «Janubi-Sharqiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoda 
iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlarga javob choralarini kuchaytirish», «Markaziy Osiyoda 
iqlim xatarlarini boshqarish» (O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston), 
shular jumlasidandir.
Shuningdek, O‘zbekiston Ekologiya vazirligi bilan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik 
markazi (MOMEM) o‘rtasida ham o‘zaro anglashuv memorandumi amalga oshirilmoqda. 
2020-yilda SAMR4ASB loyihasi doirasida Jahon banki va MOMEM bilan hamkorlikda Atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi, Toshkent shahar 
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda O‘zgidrometga 
atmosfera havosining sifatini nazorat qilishga mo‘ljallangan zamonaviy mobil ekologik 
laboratoriyalar topshirildi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish