• 4-jadval. O‘zbekistonning YaIM o‘sish dinamikasi (2013–2022-yy.) Yillar 2013 2014 2015 2016 2017
  •  O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy yutuqlari va




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    4.1 O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy yutuqlari va 
    muammolari
    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy rivojlanish va aholining turmush farovonligi o‘sib bormoqda. 
    Mamlakatda aholi va iqtisodiyot sezilarli darajada o‘sdi, bu esa, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik 
    o‘zgarishlarning asosiy omiliga aylanmoqda. Xususan, respublikada aholi soni yiliga o‘rtacha 
    650–700 ming nafarga oshmoqda, 2030-yilga borib 39 mln. nafarga yetishi kutilmoqda. Aholining 
    toza va sifatli suv, energiya va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda.
    Shu bilan birga, iqtisodiyotning sezilarli o‘sishi, xizmatlar va tovarlar ishlab chiqarishning 
    ortishi, aholi daromadlarining o‘sishi hamda mintaqaviy va global rivojlanishga qo‘shgan hissasi 
    kuzatilmoqda. 2022-yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) joriy narxlarda 888, 3417 
    trln. so‘mni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sgan. Yevropa tiklanish va taraqqiyot 
    banki (YeTTB) 2023-yilda YaM o‘sishini 6,5 foizga, O‘zbekiston Markaziy banki esa 4,5-5 foizga 
    prognoz qilmoqda (4-jadval).
    4-jadval. 
    O‘zbekistonning YaIM o‘sish dinamikasi (2013–2022-yy.)
    Yillar
    2013
    2014
    2015
    2016
    2017
    2018
    2019
    2020
    2021
    2022
    YaIM 
    o‘sishi 
    (%)
    7,3
    6,9
    7,2
    5,9
    4,4
    5,5
    6,0
    2,0
    7,4
    5,7
    Manba: Statistika agentligi (2023-y.)
    Ushbu o‘sish YaIMning tarmoq tarkibidagi kichik o‘zgarishlar bilan birgalikda yuz berdi. 
    Mamlakatda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish o‘sib bormoqda. Makroiqtisodiy va hududiy 
    tadqiqotlar institutining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda 
    sanoatning YaIMdagi ulushi 21,1 dan 26,7% gacha o‘sdi. Bunga sanoatdagi ishlab chiqarishning 
    barqaror o‘sishi yordam berdi. Qurilishdagi ulush 6,7 foizni tashkil etgani holda 2020 va 2021-yillar 
    darajasida qoldi (Statistika agentligi, 2023-y.). Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliq xo‘jaliklaridagi 
    ulush 25,1 foiz, xizmatlar ulushi esa 41,5 foizni (2022-y.) tashkil etdi.


    17
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    So‘nggi besh yil ichida (2018–2022-yy.) O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga to‘g‘ri 
    keladigan jami daromadlar dinamikasi va o‘sish sur’atlari 5-jadvalda keltirib o‘tilgan. Ijobiy 
    tendensiyalar turmush darajasining joriy iste’mol tarkibi, uzoq muddatli tovarlar, uy-joy, moliyaviy 
    aktivlar bilan ta’minlash va rivojlangan ijtimoiy infratuzilma kabi jihatlarda namoyon bo‘ldi. 
    Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yanada kuchaydi, bu aholi turmush darajasining doimiy 
    o‘sishida o‘z aksini topmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston YaIMning 9,7 foizini milliy ijtimoiy himoya 
    tizimiga investitsiya qilmoqda.

    Download 2,81 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy yutuqlari va

    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish