Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlar




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

5.1.1 Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlar
So‘nggi o‘n yillikda O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi va transport sanoati 
jadallik bilan rivojlanmoqda. Iqtisodiyotning sezilarli rivojlanishi va ishlab chiqarishning o‘sishi 
elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu faoliyat qurg‘oqchil iqlim, 
qumloq va qumoq tuproqli yerlar kabi tabiat xususiyatlarning ta’siri bilan uyg‘unlikda atmosfera 
havosi holatining o‘zgarishiga olib keladi.
Atmosfera havosiga tashlanadigan tashlamalarni hisobga olgan holda, ko‘plab davlatlarda eng 
xarakterli ifloslantiruvchi moddalar deb atalgan moddalar chang va uning mayda zarrachalari
oltingugurt dioksidi, azot oksidi va dioksidi, uglerod oksidi kabi zararli moddalarning ko‘plab 
miqdorini qayd etish mumkin. Bundan tashqari, atmosfera havosiga alohida sanoat va transport 
vositalari orqali formaldegid, og‘ir metallar, benz(a)piren kabi o‘ziga xos ifloslantiruvchi 
moddalar tashlanadi.
«Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari» ko‘rsatkichi ikki komponentdan iborat: turg‘un va ko‘chma 
manbalardan tashlanadigan tashlamalar. Statsionar manbalardan tashlanadigan ifloslantiruvchi 
moddalar tashlamalari barcha uyushgan va uyushmagan turg‘un manbalardan atmosfera havosiga 
kelib tushadigan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdori sifatida tavsiflanadi. O‘zbekiston 
bo‘yicha rasmiy statistik hisobotlarni tahlil qilish bizga atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy 
tarmoqlar: energetika, neft-gaz sanoati, metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish sanoatini ajratib 
ko‘rsatish imkonini berdi.
7
https://www.iqair.com/world-air-quality-report


26
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Ko‘chma manbalardan tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning asosiy tashlamalari shaxsiy 
va tijorat avtotransport vositalari tomonidan iste’mol qilinadigan yoqilg‘i-moylash materiallari 
(avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi) hajmiga qarab belgilanadi. Ushbu tashlamalarning asosiy 
omillarini ishlatilayotgan yoqilg‘ining sifati, aholining jamoat transportidan yetarli darajada 
foydalanmasligi, o‘z avtomobilini boshqarish, shuningdek, avtomobil egalari o‘z avtomobillarining 
texnik parametrlariga yetarli darajada e’tibor bermasliklari kabilarni tashkil etadi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil iqlimi, uzoq davom etadigan quruq va issiq yozi, nam 
bahori va beqaror qishi bo‘lgan qurg‘oqchil zonasida joylashgan. Respublika hududi atmosfera 
havosiga ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi uchun noqulay iqlim sharoitga egaligi bilan ajralib 
turadi (sokin havo, inversiya). Uzoq vaqt davomida yog‘ingarchilikning yo‘qligi, kuchsiz shamollar, 
haroratning inversiyasi atmosfera havosining turg‘unligiga imkon beradi, bu esa ifloslantiruvchi 
moddalarning to‘planishi uchun sharoit yaratadi.
Meteorologik sharoitlar va antropogen bosim kombinatsiyasi shaharlarda havoning yuqori darajada 
ifloslanishiga olib keladi. Aholi zichligi, transport oqimlari, tog‘lararo tor jarliklarida ekologik xavfli 
ishlab chiqarish yuqori bo‘lgan yirik shaharlar joylashuvining xususiyatlari, o‘ziga xos tabiiy-iqlim 
sharoitlari fonida (tez-tez takrorlanib turadigan inversiyalar, atmosferadagi turg‘un hodisalar) 
atmosferaning sirt qatlamida ifloslantiruvchi moddalarning to‘planishiga olib keladi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuchlar

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish