33
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
«Yevro-4» dan past bo‘lmagan talablarni bajarish yoki talabnoma beruvchilar tomonidan
taqdim etilgan g‘ildirakli transport vositalarining toksikligi darajasi bo‘yicha «Yevro-4»dan past
bo‘lmagan ekologik sinf talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan ta’minlashni tashkil
etish topshirilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, atrof tabiiy muhit holatini yaxshilash uchun, 2030-yilga kelib g‘ildirakli
transport vositalari, shuningdek, motor yoqilg‘isining «Yevro-6» ekologik toifadagi standartlarini
qabul qilish zarur.
Mamlakat jamoat transportini elektromobillarga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. So‘nggi uch
yil ichida O‘zbekistonga 3119 ta elektromobil import qilingan va ularning
soni yil sayin ortib
bormoqda. Agar 2020 yilda atigi 130 ta elektromobil transport vositasi import qilingan bo‘lsa,
2021 yilda ularning soni 6,2 baravar oshdi va 809 tani, 2022-yilda esa 2180 tani tashkil etdi.
Shuningdek, 2023-yil 26-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahrini
2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–112-sonli
Farmoniga muvofiq Toshkent shahrini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri,
bu madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini o‘zgartirish, yashil hududlarni
keskin ko‘paytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirishdir. Shunga
ko‘ra, Toshkentda qo‘shimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi. Kanallar bo‘yidagi
sayilgohlar maydonini 42 km dan 150 km gacha, velosiped yo‘laklari uzunligini 65 km dan 170
km gacha, jamoat transportidan foydalanish darajasini 30% dan 60% gacha, elektrobuslarning
jamoat transportidagi ulushini 17% dan 50% gacha oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, yetti
yil ichida havoga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini – 300 mingdan 150
ming tonnagacha
kamaytirish nazarda tutilgan.