31
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Ifloslantiruvchi
Maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyalar mkg/m
3
Bir martalik
maksimal
O‘rtacha kunlik
O‘rtacha yillik
Nikel
5,0
3,0
1,0
Benz(a)piren
1
нг/м
3
Manba: 0293–11-sonli SanQvaM
O‘ziga xos ifloslantiruvchi moddalar bo‘yicha atmosfera havosining sifati
Ammiak
O‘zbekistonning 11 ta sanoat shahrida atmosfera havosining ammiak bilan ifloslanish holati
bo‘yicha monitoring olib borilmoqda. 2018–2022-yillarda Angren, Andijon va Chirchiq kabi
shaharlarda ammiakning o‘rtacha yillik konsentratsiyasining alohida o‘sishi
qayd etildi, bu,
sanoat shaharlarining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, maishiy chiqindilarni ruxsatsiz saqlash
bilan bog‘liqdir.
Formaldegid
Atmosfera havosidagi formaldegid tarkibi bo‘yicha kuzatuvlar respublikaning 2 ta – Andijon va
Toshkent shaharlarida olib borilmoqda. 2018–2022-yillar davomida
formaldegidning maksimal
bir martalik konsentratsiyasi MRKdan oshmadi.
Fenol
Atmosfera havosidagi fenol miqdorini monitoring qilish respublikaning 9 ta shahrida amalga
oshirilmoqda. 2018-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda Farg‘ona shahrida joylashgan yirik neftni
qayta ishlash korxonalarida fenol miqdorining maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyadan oshib
ketgani kuzatilgan.
Ftorli
vodorod
Respublikaning atmosfera havosidagi ftorli vodorodning miqdori bo‘yicha monitoring ishlari
mamlakatning 6 ta shahrida amalga oshirilmoqda. 2018-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda
Bekobod va Toshkent shaharlarida ftorli vodorodning maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyadan
oshib ketgani kuzatilgan.
Og‘ir metallar
O‘zbekistonning Olmaliq, Navoiy, Toshkent, Buxoro, Qo‘qon, Angren, Farg‘ona va
Samarqand kabi
sakkizta shahrida og‘ir metallar bo‘yicha monitoring ishlari olib borilmoqda. Ushbu shaharlarning
atmosfera havosida kadmiy, mis, rux va qo‘rg‘oshinning o‘rtacha yillik
konsentratsiyasi maksimal
ruxsat etilgan darajadan oshmaydi.
Benz(a)piren
2022-yilda atmosfera havosidagi benz(a)piren tarkibini kuzatish qayta tiklandi va tez orada
tendensiyalarni baholash uchun ma’lumotlar olinadi.