Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

5.2.2 Bosimlar
O‘zbekistonda suv resurslariga bosim darajasi o‘ta keskin (100 foizdan ortiq) – suv zaxirasining 169 
foizi deb baholanmoqda (FAO, 2022-y.). Havza irrigatsiya boshqarmalari har yili foydalanuvchilar 
o‘rtasida suv taqsimotini boshqarish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Ushbu muammolar 
har yilgi iqlim sharoiti bilan bog‘liq. Ayniqsa, kuz-qish mavsumi davrida qattiq yog‘ingarchilikning 
yo‘qligi yoki qisqaligi va yuqori harorat bilan bog‘liq bo‘lgan quruq yillarni boshqarish g‘oyatda 
mushkuldir. Bunday yillarda suv omborlariga suv oqimining darajasi minimal bo‘lib, yoz faslida 
kichik daryolar deyarli quriydi. Suv ta’minoti 60-65% gacha kamayadi.
Magistral va xo‘jaliklararo kanallarda, shuningdek, fermer xo‘jaliklararo tarmoqlarida suvning 
yuqori darajada yo‘qotilishi tufayli irrigatsiya tizimlarining samaradorligi pastligicha qolmoqda. 
Uzoq dalalarga suv nasos stansiyalari yordamida yetkazib beriladi. Ularning aksariyati eskirgan 
va ko‘p energiya sarflaydi. Suvni tejaydigan texnologiyalar sug‘oriladigan maydonlarning atigi 23 
foizida joriy etilgan. Hali biron bir yirik nasos stansiyasi muqobil energiya manbalariga o‘tkazilmagan. 


37
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Ko‘pgina tadbirkorlar bunga qiziqish bildirmoqda, ammo hozirgi paytda mablag‘larning katta 
qismi elektr nasoslarga sarflanmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, 2023-y.).
So‘nggi uch yil ichida suv sathining pastligi va suv resurslarining yetishmasligi tufayli suv 
resurslariga bo‘lgan bosim oshdi. Ushbu muammo Amudaryoning quyi oqimida joylashgan 
hududlarda keskin seziladi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonda suv 
tanqisligini yanada kuchaytiradi, 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018-yillardagi kabi qurg‘oqchilikning 
davomiyligi va chastotasini oshirishi hamda iqtisodiyotning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda 
jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. So‘nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga bo‘lgan 
suv ta’minoti 3048 m
3
dan 1400 m
3
gacha kamaydi.
Yana bir muammo, bu – suvning ifloslanishi. Atrof-muhit ifloslanishi monitoringi ma’lumotlariga 
ko‘ra, suvni, asosan sanoat, qishloq xo‘jaligi va kommunal xizmatlar ifloslantiradi. Kam suvli 
davrlarda minerallashuvning kuchayishi va yer usti suvlari sifatining yomonlashishi yer osti 
suvlarining ifloslanishiga olib keladi. Minerallashuvi 3,0 g/l dan ortiq bo‘lgan yer osti suvlari 
respublika hududining 50% dan ortig‘iga taqsimlanganligini hisobga olsak, suv qatlamlariga 
bosim darajasi oshgan deb baholanishi mumkin. Sirdaryo vodiysidagi suv qatlamlari o‘rtacha 
bosim ostidadir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kimyolashtirish, kollektorlarga oqova 
suvlarning tashlanishi suv resurslarining ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari, respublikaning 
ayrim hududlarida yer usti oqova suv tarmoqlari va drenaj tizimlarining qoniqarsiz holati, sizot 
suvlari sathining jadallik bilan ko‘tarilishi, bir qator shaharlar va boshqa aholi punktlarida suv 
toshishiga sabab bo‘ladi.

Download 2,81 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish