Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/107
Sana16.06.2024
Hajmi2,81 Mb.
#264081
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107
Bog'liq
uzbekistan-state-of-the-environment-uz

5.4.3 Holat va ta’sir
O‘zbekiston hududi turli xil tabiiy ekotizimlari bilan ajralib turadi. Cho‘llar va yarim cho‘llar 
mamlakat hududining deyarli 85 foizini egallaydi. Tog‘ va adirlar uning sharqiy va janubi-sharqiy 
qismlarida hududning taxminan 13 foizini egallaydi. Allyuvial vodiylar hududning taxminan 
2 foizini tashkil etadi (UNDP, GEF, SCEEP, 2018-y.). Har bir ekotizim o‘z ichiga o‘simlik va 
hayvonlar jamoalarining rivojlanishi va faoliyatini belgilaydigan tabiiy komponentlar majmuasini 
oladi. Ekotizimlarning o‘ziga xos xususiyati uning yuqori nimjonligida bo‘lib, bu, ayniqsa, 
mamlakatning g‘arbiy qismida – Orol dengizining ekologik inqiroz zonasida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Ta’kidlash joizki, Jahon Yovvoyi tabiat jamg‘armasining (WWF) Global ro‘yxatiga 
kiritilgan 200 ta yer usti ekohududidan oltitasi (WWF, n.d.) O‘zbekistonda joylashgan. Bioxilma-
xilligi 27 ming o‘simlik va hayvonot turlaridan iborat.
O‘zbekistonning o‘simliklar dunyosiga 11 mingga yaqin o‘simlik turlari, qo‘ziqorin va suv o‘tlari 
kiradi: 4300 dan ortiq yuksak o‘simlik turlari ham bo‘lib, ularning 8 foizi endemiklardir. Qadimdan 
saqlanib qolgan endemiklar 10-12 foizni tashkil etadi. Yong‘oq, oddiy bodom, Buxoro bodomi, 
xurmo va boshqa turlar kabi yangi zarur o‘simlik navlarini yaratish va xo‘jalikda mavjudlarini 
takomillashtirish ishlarida katta ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy o‘simliklarning yovvoyi ajdodlari 
alohida qiziqish uyg‘otadi. O‘zbekiston, shuningdek, sabzavot ekinlarining tur tarkibiga ham boy, 
bu yerda piyoz, sabzi, rediska va boshqa sabzavotlar yetishtiriladi. Respublikada mahalliy aholi 
tomonidan foydalaniladigan ziravor o‘simliklar yuqori baholanadi.
O‘zbekistonning umurtqali hayvonot dunyosi beshta sinfni ifodalaydi va 715 ta turni o‘z ichiga 
oladi, ulardan 107 tasi sutemizuvchilar, 467 tasi qushlar, 61 tasi sudralib yuruvchilar, 3 tasi 
amfibiyalar, 77 tasi baliqlardir. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda 53 tur endemik va quruqlikdagi 
umurtqali hayvonlarning kenja turi mavjud. Endemik darajasi sudralib yuruvchilar uchun 50%, 
sutemizuvchilar sinfi uchun nisbatan kamroq – 14%, oz sonli qushlar sinfi uchun – 1,7% qayd 
etilgan. Baliq uchun endemik darajasi – 50% dan ortiqni tashkil qiladi. Hayvonlarning ayrim turlari 
O‘zbekistonga faqat mavsumiy ko‘chish davrida keladi. Ko‘chib yuruvchi turlarga sutemizuvchilar 
(sayg‘oq, Buxoro bug‘isi, qulon, qor qoploni va h.k.lar), qushlar (turnalar, suv qushlari va h.k.lar.) 
va baliqlar kiradi.
O‘zbekiston kam o‘rmonli mamlakat hisoblanadi. 2023 yil holatiga ko‘ra davlat o‘rmon fondi 
yerlari 11,74 mln. gektarni egallaydi, bu respublika umumiy maydonining 26,1 foizini tashkil 
etadi, ulardan 3,46 mln. gektarga yaqini o‘rmonlar bilan qoplangan (7,7% o‘rmon). O‘zbekiston 
o‘rmonlari o‘zining tabiiy tarkibi, mahsuldorligi va bajariladigan funksiyalariga ko‘ra jiddiy ravishda 
farqlanadi. Qariyb 30 ming gektarni egallagan to‘qay ekotizimlarining eng yirik parchalardan 


52
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
iborat hududlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan bo‘lib, Amudaryo deltasidagi 
to‘qay o‘rmonlari dastlabki maydonining 10 foizga yaqinini tashkil etadi. Aynan shu hududlar 
O‘zbekistonda saqlanib qolingan to‘qay o‘rmonlarining 75% va butun Markaziy Osiyodagi to‘qay 
o‘rmonlarining 20% ni tashkil qiladi. O‘rmon resurslari tabiiy uzoq muddatli CO
2
yutuvchisidir.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga (2019-y.) 314 ta o‘simlik turi kiritilgan. «0» maqomiga 
ega bo‘lgan yo‘qolib borayotgan turlar soni 19 dan 10 gacha kamaydi. Shuningdek, 15 ta noyob 
va endemik turlar ham Qizil kitobga kiritilgan.

Download 2,81 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107




Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston

Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish