|
Harakatlantiruvchi kuch va bosimlarBog'liq uzbekistan-state-of-the-environment-uz6.2.1 Harakatlantiruvchi kuch va bosimlar
1960-yillardan boshlab
Orol dengizi keskin regressiyasining asosiy harakatlantiruvchi kuchlarini
quyidagilar: tabiiy resurs salohiyati va iste’moli bilan nomutanosib bo‘lgan iqtisodiy rivojlanishning
ustuvorligi, resurslarga bog‘liq iqtisodiyot, zarur bo‘lgan suv va noyob yer resurslarini keng ko‘lamda
olinishi va ulardan foydalanish, suv olish inshootlari qurilishining ko‘payishi, transchegaraviy suv
resurslari uchun raqobat, demografik jarayonlarning rivojlanishi tashkil etdi.
Ko‘p yillar davomida O‘zbekistonda intensiv agrotexnik usullardan foydalangan holda paxta
yakkahokimligiga xos bo‘lgan
qishloq xo‘jaligi
rivojlanib keldi. Sug‘orish tizimining kengayishi
suv tanqisligini yanada kuchaytirdi. Orolbo‘yida suv bilan ta’minlanish darajasi respublika bo‘yicha
eng past (60–70%) darajada edi. Bu nafaqat suv resurslarining cheklanganligi, balki ulardan
samarasiz foydalanish, shu jumladan, sug‘orish tizimlarida filtrlanish natijasida yo‘qotishlarning
yuqoriligi va gidrotexnika inshootlari (GTI) texnologiyasining qoniqarsiz holati bilan ham bog‘liq.
Amudaryo va Sirdaryo daryolaridan sug‘orish suvlarining qaytarib bo‘lmaydigan darajada olinishi
dengizga tushadigan suv oqimi va Orol dengizining bug‘lanishi o‘rtasidagi muvozanatni buzdi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning ilmiy asossiz sxemalari suv va shamol eroziyasi
jarayonlarining rivojlanishiga olib keldi. Sug‘oriladigan yerlarning katta qismi degradatsiyaga
uchradi: 2 mln. ga – deflyatsiya, 619 ga – irrigatsiya eroziyasi va 40 ming ga maydonda – jarlik
eroziyasi yuzaga keldi. Agar Afg‘oniston Amudaryoning yuqori oqimi bo‘ylab 285 kilometrlik
Qo‘shtepa sug‘orish kanali qurilishini yakunlab, ishga tushirsa va Amudaryo oqimining 25 foizi
Afg‘onistonga o‘tkazilsa, vaziyat yanada keskin tus olishi mumkin.
Iqlim o‘zgarishi
ta’sirida Orolbo‘yi mintaqasiga bosim kuchaymoqda. Orol dengiziga quyiladigan
daryolarning yer usti oqimi tabiiy-iqlim sharoitiga qarab o‘zgarib turadi va tez-tez kam suvli yillar
bilan tavsiflanadi. Qoida tariqasida, kam suvli yillar, yuqori suvli yillar bilan almashadi, biroq kam
suvli yillar ko‘proq kuzatilmoqda.
|
| |